"Dunyodagi qadimiy va boy tillardan biri boʻlgan oʻzbek tili xalqimiz uchun milliy oʻzligimiz va mustaqil davlatchiligimiz timsoli, bebaho maʼnaviy boylik, buyuk qadriyatdir." O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev
16:48:21 (GMT +5) 30.01.2020 Du

“Qadring baland bo‘lsin, ona tilim!’’

 

Yuqori Chirchiq tumanidagi Astrum IT akademiyasida Qadring baland bo‘lsin, ona tilim” mavzusida adabiy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.  

Toshkent viloyati hokimligining ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini ta’minlash masalalari bo‘yisha maslahatchilari  hamda Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Toshkent viloyati bo‘limi bilan hamkorlikda tashkil etilgan tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Yozuvchilar uyushmasi azosi, Toshkent viloyati yozuvchilar uyushmasi raisiMahmud Toirov, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Maʼnaviyat va davlat tilini rivojlantirish masalalari departamenti mas’ul xodimi –  Rustam Tursunov, Filologiya fanlari doktori, Davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirish markazi direktoriInomjon Azimov, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi  O‘zbek tilini rivojlantirish jamg‘armasi direktoriAzizjon Eminovlar ishtirok etishdi.


 

Mahmud Toirov, O‘zbekiston Respublikasi Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, Toshkent viloyati yozuvchilar uyushmasi raisi – Viloyat hokimimiz tashabbusi bilan zamonaviy sharoitlarga ega viloyat “Yozuvchilar uyushmasi markazi” qurib berilgani, adabiyot ixlosmandlari, soha xodimlari uchun yaratilgan katta imkoniyat ekanligini ta’kidlab, o‘z minnatdorchiligini bildirib o‘tdi.




O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Maʼnaviyat va davlat tilini rivojlantirish masalalari departamenti mas’ul xodimi –  Rustam Tursunov  O‘zbek tilining ilk rivojlanish bosqichlaridan to bugungi kungacha bo‘lgan jarayonlarda tilimiz taraqqiyoti uchun xizmat qilgan buyuk ajdodlarimiz, jadid allomalarimiz, hozirgi o‘zbek-adabiy tili fidoyilarining bemisl xizmatlari xususida to‘xtalib o‘tdi. Davlatimiz rahbari hamda hukumatimiz  tomonidan so‘nggi ikki yil mobaynida davlat tili nufuzi va mavqeyini oshirishga oid 30 ga yaqin normativ-huquqiy hujjatlar chiqarilganligining o‘zi til siyosatiga bo‘lgan alohida e’tiborning namunasi deya ta’kidladi.


 

Inomjon Azimov, filologiya fanlari doktori, Davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirish markazi direktori – Toshkent viloyatidagi tuman va shaharlar kesimida yillik malaka oshirish rejasiga asosan hududlardagi mutaxassislar malakasini oshirish borasida olib borilayotgan ishlar xususida to‘xtalib o‘tib, jarayonni yanada samarali tashkil etish bo‘yicha tegishli ko‘rsatmalar berdi.


Azizjon Eminov –  O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Maʼnaviyat va davlat tilini rivojlantirish jamg‘armasi raisi. – Bugungi kunda jamg‘armadan “O‘zbek tilining izohli lug‘ati to‘plamlari”, o’nlab tilga oid kitoblarni nashrdan chiqishiga, tilimiz targ‘ibotini aks ettirgan ko‘rgazmali materiallarni chiqarish uchun mablag‘lar ajratilganligini ma’lum qildi. Xalq orasida davlat tili bo‘yicha malaka oshirish istagini bildirgan fuqarolarning  o‘qishi uchun to‘lovlarni to‘lab berilishiga tayyor ekanligini bildirdi. 

Anjuman davomida o‘zbek tilining tarixi, uning rivoji hamda milliy adabiyotimiz ravnaqiga hissa qo‘shgan buyuk allomalar haqida so‘z yuritildi hamda ona tilini ulug‘lovchi she’r va qo‘shiqlar ijro etildi.






25.07.2022 444