"Dunyodagi qadimiy va boy tillardan biri boʻlgan oʻzbek tili xalqimiz uchun milliy oʻzligimiz va mustaqil davlatchiligimiz timsoli, bebaho maʼnaviy boylik, buyuk qadriyatdir." O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev
16:48:21 (GMT +5) 30.01.2020 Du
  • Bosh sahifa
  • Yangiliklar
  • “Davlat tilida ish yuritish asoslari va til siyosatini takomillashtirish” mavzusida davra suhbati tashkil etildi!

“Davlat tilida ish yuritish asoslari va til siyosatini takomillashtirish” mavzusida davra suhbati tashkil etildi!


Onlayn shaklda tashkil etilgan davra suhbatida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbek tilini rivojlantirish jamg‘armasi bosh mutaxassisi G.To‘ychiyeva, Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi Davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirish markazi bo‘lim boshlig‘i O‘.Boboyorov, Adliya vazirligi qoshidagi “Adolat” milliy-huquqiy axborot markazi bosh maslahatchisi S.Eshonxo‘jayev,  Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi Kadrlar boshqarmasi boshlig'i O.Egamov va Yuridik bo‘limi boshlig‘i A.Abdukarimov, monomarkaz mutasaddi xodimlari hamda hududiy boshqarma vakillari ishtirok etdilar.



O‘zaro erkin va ochiq muloqot tarzida kechgan mazkur uchrashuvda Davlat tilining nufuzini oshirishga qaratilgan so‘nggi o‘zgarishlar, “Davlat tili to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi yuzasidan Vazirlar Mahkamasi huzuridagi o‘zbek tilini rivojlantirish jamg‘armasi faoliyati xususida, Davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirish markazining hududiy filiallari faoliyati, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tizimida Davlat tilida ish yuritish borasida amalga oshirilgan ishlar xususida so‘z bordi.



Davra suhbati yakunida esa davlat tashkilotlari bilan bir qatorda band bo‘lmagan aholi vakillarining ham lotin alifbosiga asoslangan yozuv ko‘nikmalarini yanada rivojlantirish yuzasidan takliflar bildirildi.

26.09.2022 344