"Dunyodagi qadimiy va boy tillardan biri boʻlgan oʻzbek tili xalqimiz uchun milliy oʻzligimiz va mustaqil davlatchiligimiz timsoli, bebaho maʼnaviy boylik, buyuk qadriyatdir." O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev
16:48:21 (GMT +5) 30.01.2020 Du

Maktab direktorlari davlat tiliga oid qarorlar bilan tanishtirildi


Tumandagi 4-umumta’lim maktabida O‘zbekiston Respublikasining “Davlat tili to‘g‘risida”gi, “Reklama to‘g‘risida”gi Qonunlari, Vazirlar Mahkamasining  davlat tiliga oid qarorlari ijrosi yuzasidan yig‘ilish bo‘ldi. Unda tuman hokimligi ishchi guruhi tomonidan umumta’lim maktablarida davlat tilida hujjat yuritish, ichki targ‘ibot vositalari  ahvolini o‘rganish natijalari haqida gapirildi.


Har bir umumta’lim maktabida davlat tili bo‘yicha mas’ul biriktirish, barcha  targ‘ibot  yozuvlarini qayta ko‘rib chiqish, mavjud kamchiliklarni tugatish yuzasidan topshiriqlar berildi.


Yig‘ilishda davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirish markazida malaka oshirgan xodimlarga sertifikatlar topshirildi.

17.11.2022 274