"Dunyodagi qadimiy va boy tillardan biri boʻlgan oʻzbek tili xalqimiz uchun milliy oʻzligimiz va mustaqil davlatchiligimiz timsoli, bebaho maʼnaviy boylik, buyuk qadriyatdir." O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev
16:48:21 (GMT +5) 30.01.2020 Du
  • Bosh sahifa
  • Yangiliklar
  • Urganch davlat universitetida “Yangi O‘zbekistonda o‘zbek tili taraqqiyotining yangi bosqichi” mavzusida ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkazildi

Urganch davlat universitetida “Yangi O‘zbekistonda o‘zbek tili taraqqiyotining yangi bosqichi” mavzusida ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkazildi

2021-yilning 20-oktabr kuni Urganch davlat universiteti Madaniyat saroyida o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganligining 32 yilligiga bag‘ishlangan “Yangi O‘zbekistonda o‘zbek tili taraqqiyotining yangi bosqichi” mavzusida ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi.

Mazkur anjumanda tilshunos olimlar, shoirlar, sohaning yetuk mutaxassislari, O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi Xorazm viloyat bo‘limi hamda Filologiya fakultetining professor-o‘qituvchilari va talaba-yoshlar ishtirok etdilar. Anjumanni Filologiya fakulteti dekani D.G‘ayipov olib bordi.

Konferensiyani UrDU Yoshlar masalalari, ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektori S.Davletov kirish so‘zi bilan ochib berdi.

Anjumanda so‘z olganlar, xususan, Xorazm viloyat hokimining Davlat tili masalalari bo‘yicha maslahatchisi R.Xudayberganov, O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi Xorazm viloyat bo‘limi raisi G.Ibodullayeva, taniqli shoirlar Q.Muhammadrizo hamda I.Ollaberganov, Filologiya fakulteti dekani f.f.n., dots. D.G‘ayipov, “O‘zbek tilshunosligi” kafedrasi mudiri, f.f.n., dots. A.Primov, f.f.d., dots. A.O‘razboyev, f.f.n., dots. S.Ro‘zimboyevlar “Ona tilimiz taraqqiyoti bo‘yicha viloyatimizda amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida”, “Til borki, o‘lmaydi millat”, “Istiqlol yillarida tilimiz takomili borasidagi davlat siyosati va galdagi vazifalar xususida”, “O‘zbek tilining ruhiy-ijtimoiy xususiyati haqida”, “Ogahiy asarlari mumtoz merosimiz tadqiqi va nashri kesimida”, “Til-davlat timsoli, mulki” shu va boshqa mavzularda maʼruzalar qildilar.

Shuningdek, tilimizning qadr-qimmatini asrash, bugungi globallashuv jarayonida tilda paydo bo‘layotgan nojo‘ya so‘zlarning ma’nosini o‘sib kelayotgan yosh avlodga tushuntirish, ona tilimizning o‘ziga xosligi, davlat tili nufuzi va maqomini oshirish borasida qilinayotgan islohotlarga to‘xtalib, shu vatanning har bir farzandi ona tilini sevishi, uning qadr-qimmatini joyiga qo‘yishda faol ishtirok etishi lozimligi haqida alohida ta’kidlandi. Anjuman davomida taniqli shoirlarning tilimizni madh etuvchi ijod namunalari tinglandi.

Konferensiya yakunida o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganligining 32-yilligi munosabati bilan tashkil qilingan “Ona tili – millat ruhi” mavzusidagi insholar tanlovi, “Ona tilim abadiy” mavzusidagi video va audio she’rlar tanlovi g‘oliblarini taqdirlanib, diplom va esdalik sovg‘alari topshirildi.

 

Urganch davlat universiteti

Matbuot xizmati

22.10.2021 459