"Dunyodagi qadimiy va boy tillardan biri boʻlgan oʻzbek tili xalqimiz uchun milliy oʻzligimiz va mustaqil davlatchiligimiz timsoli, bebaho maʼnaviy boylik, buyuk qadriyatdir." O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev
16:48:21 (GMT +5) 30.01.2020 Du

“Abu Rayhon Beruniy” Turkiyada


O‘zbekiston xalq yozuvchisi Isajon Sultonning “Abu Rayhon Beruniy” romani «Beruniy: Abu Rayhonning siymolari” nomi bilan Turkiyada bosilib chiqdi.

Romanni Istanbuldagi nufuzli “Ketebe” nashriyoti chop etdi. Unga xalqaro Nobel mukofoti sohibi, professor Aziz Sanjar so‘zboshi yozgan.

Hajmi 360 betlik ushbu asar mart oyidan boshlab Turkiyaning barcha kitob do‘konlarida va xalqaro sotuv maydonchalarida sotuvga chiqarildi.

“Abu Rayhon Beruniy” tarixiy-biografik romani 2020-2022-yillarda yozilgan bo‘lib, “Innovatsion rivojlanish” nashriyoti tomonidan 2023-yilda chop etilgan edi. Asar buyuk allomaning o‘smirlik davridan to hayotining oxirigacha bo‘lgan davrni, shuningdek, o‘sha davr hukmron sulolalaridan xorazmshohlar, somoniylar, ziyoriylar, buvayhiylar, g‘aznaviylar va saljuqiylar tarixi haqida ham qiziqarli ma’lumotlarni qamrab olgan.


Romanni iqtidorli tarjimon Hamza O‘zturkchi turk tiliga tarjima qilgan. Bugunga qadar Turkiyada uning o‘zbek nasriga bag‘ishlangan “Zamonaviy o‘zbek hikoyalari” antologiyasi, shuningdek, Abdulhamid Cho‘lpon va Muhammad Yusuf she’riyatidan qilgan tarjimalari chop etilgan.

27.03.2024 158