"Dunyodagi qadimiy va boy tillardan biri boʻlgan oʻzbek tili xalqimiz uchun milliy oʻzligimiz va mustaqil davlatchiligimiz timsoli, bebaho maʼnaviy boylik, buyuk qadriyatdir." O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev
16:48:21 (GMT +5) 30.01.2020 Du

Qaror loyihasi muhokamaga qo`yildi

Ichki ishlar vazirligi tomonidan “O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligiga qabul qilishda davlat tilini bilish darajasini aniqlash tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi O'zbekiston Respublikasi normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portaliga joylashtirildi (https://regulation.gov.uz/uz/document/18319).

"O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 19 va 20-moddalarida O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligiga qabul qilishda chet davlat fuqarosi yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxsdan Davlat tilini muloqot qilish uchun zarur darajada bilish talab etilishi belgilab qo‘yildi.

Qonuning ushbu moddalariga muvofiq chet davlat fuqarosi yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxslardan imtihon o‘tkazish tartibi hamda Davlat tilini bilish darajasini aniqlash tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash bo‘yicha Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasi tayyorlandi.

Qaror loyihasiga ko‘ra Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi Davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirish markazi imtihon o‘tkazuvchi va imtihon natijalariga ko‘ra tegishli guvohnoma beruvchi davlat muassasasi etib belgilandi.

Mazkur tashabbus tilimizning mavqeini oshirishga qaratilgan yana bir muhim qadamlardan biridir! 


03.06.2020 682