"Dunyodagi qadimiy va boy tillardan biri boʻlgan oʻzbek tili xalqimiz uchun milliy oʻzligimiz va mustaqil davlatchiligimiz timsoli, bebaho maʼnaviy boylik, buyuk qadriyatdir." O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev
16:48:21 (GMT +5) 30.01.2020 Du
  • Bosh sahifa
  • Yangiliklar
  • Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasida “Ma’naviy-ma’rifiy tayyorgarlik” mashg‘uloti bo‘lib o‘tdi.

Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasida “Ma’naviy-ma’rifiy tayyorgarlik” mashg‘uloti bo‘lib o‘tdi.


O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining 2022-yil 18-maydagi 30/1-3425-son XDFU, Favqulodda vaziyatlar vazirligining 2022-yil 23-may kunidagi 4/523-170-sonli ko‘rsatmalari hamda Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasining 2021-yil 15-dekabr kunidagi 381-sonli buyrug‘ining ilovasida keltirilgan “2022-o‘quv yilida Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi shaxsiy tarkibi bilan “Ma’naviy-ma’rifiy tayyorgarlik o‘quv mashg‘ulotlarini o‘tkazish dasturi” ijrosini ta’minlash maqsadida Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi tizimida “Davlat tili to‘g‘risida”gi qonun, davlat tilining ustuvorligiga erishish, shuningdek, davlat tilini rivojlantirish bilan bog‘liq qabul qilingan hujjatlarda shaxsiy tarkibning davlat tilida ish yuritishga oid bilim-malakalarini oshirib borish vazifalari belgilangan.




Shu munosabat bilan joriy yilning 22-iyul kuni boshqarmaning shaxsiy tarkibi bilan o‘tkazilgan “Ma’naviy-ma’rifiy tayyorgarlik” mashg‘ulotiga O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbek tilini rivojlantirish jamg‘armasi direktori Eminov Azizjon G‘ulomjonovich hamda Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi Davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirish markazi direktori, filologiya fanlari nomzodi, dotsent Azimov Inomjon Mamasodiqovichlar taklif etildi.




Tadbirni Boshqarma boshlig‘ining kadrlar, tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari podpolkovnik S.Magdixodjayev ochib, tadbirga tashrif buyurgan mehmonlar bilan tanishtirdi. Shundan so‘ng Boshqarma boshlig‘i general-mayor R.Xaydarov taklif etilgan mehmonlar ishtirokida  Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi  Davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirish markazida “Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosi va davlat tilida ish yuritish asoslari” bo‘yicha o‘quv kursini muvaffaqiyatli tamomlagan boshqarma, hududiy bo‘lim va bo‘linma hamda tarkibiy tuzilmalar harbiy xizmatchi va xizmatchilariga sertifikatlarni, shuningdek,  bir qator harbiy xizmatchilariga unvonlarni tantanali ravishda topshirdi.



Tadbirni tantanali qismidan so‘ng Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi Davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirish markazi direktori, filologiya fanlari nomzodi, dotsent I.Azimov hozirgi kunda dolzarb bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasining “Davlat tili haqida” va “Reklama to‘g‘risida”gi Qonunlarining mazmun-mohiyati, mamlakatimizda o‘zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqeyini tubdan oshirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan islohotlarning ahamiyati, shuningdek, tashqi yozuvlar (peshlavha, reklama, e’lon va axborot matnlari)dan foydalanishda davlat tili ustuvor bo‘lishi to‘g‘risida ma’ruza qildi.




O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbek tilini rivojlantirish jamg‘armasi direktori Eminov Azizjon G‘ulomjonovich boshqarma kutubxona fondiga “Davlat tilida ish yuritish” amaliy qo‘llanmasidan sovg‘a qildi.


 


Tadbir yakunida boshqarma boshlig‘i genaral-mayor R.Xaydarov tadbir mehmonlariga mamlakatimizda “Davlat tili to‘g‘risida”gi qonun hujjatlariga rioya qilinishi va sohaga oid muammolarni tahlil etib, bu borada yagona davlat siyosatini amalga oshirilishini ta’minlashda olib borayotgan jonbozliklarini e’tirof etib, kelgusidagi mas’uliyatli faoliyatlarida muvaffaqiyatlar tilab o‘zining esdalik sovg‘alarini topshirdi. Tashkil etilgan tadbir shaxsiy tarkibga ko‘tarinki ruh bag‘ishladi.




Ma’naviy-ma’rifiy o‘quv mashg‘ulotidan fotolavhalar elektron shaklda  ilova qilinadi.

 

Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar

boshqarmasi boshlig‘ining ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili to‘g‘risida qonun hujjatlariga rioya etilishini ta’minlash masalalari bo‘yicha maslahatchisi, xizmatchi Bekova Gulbaxor Gulmuratovna


26.07.2022 523