"Dunyodagi qadimiy va boy tillardan biri boʻlgan oʻzbek tili xalqimiz uchun milliy oʻzligimiz va mustaqil davlatchiligimiz timsoli, bebaho maʼnaviy boylik, buyuk qadriyatdir." O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev
16:48:21 (GMT +5) 30.01.2020 Du

BIZ BIR BO‘LSAK – YAGONA XALQMIZ, BIRLASHSAK – VATANMIZ!


    Joriy yilning 10-noyabr kuni Iqtisodiyot va moliya vazirligida ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar marafoniga start berildi. Tadbirni vazir o‘rinbosari Gulnora Raximova kirish so‘zi bilan ochdi. U “Kasbim – faxrim” mavzusiga to‘xtalib, yoshlarni o‘z kasbiga sadoqatli bo‘lish va tanlagan sohasini sevishga chaqirib, mehnat qilgan inson hech qachon e’tibordan chetda qolmasligini ta’kidlab o‘tdi. Shuningdek, vazirlik mas’ul xodimi Melibayeva Gulnora Achilovnaning tizimda uzoq va samarali mehnatlari evaziga 1-darajali “Mehnat faxriysi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlanganini eʼtirof etdi va samimiy qutladi.

    Mazkur tadbir doirasida “Davlat muassasalari uchun gender tenglik nishoni” dasturini amalga oshirish bo‘yicha ham davra suhbati o‘tkazildi. Ma’lumot o‘rnida aytish  lozimki, “Davlat muassasalari uchun gender tenglik nishoni” loyihasi Markaziy Osiyo mintaqasida ilk bor O‘zbekistonda, aynan birinchilardan bo‘lib Iqtisodiyot va moliya vazirligida yo‘lga qo‘yilmoqda.


    Xotin-qizlar boshlang‘ich tashkiloti raisi, gender tenglik bo‘yicha mas’ul Gulnora Melibayeva ushbu loyiha, uning maqsad va vazifalari hamda amalga oshirish mexanizmlari to‘g‘risida atroflicha ma’lumot berib o‘tdi.

Tadbirda so‘z olgan vazirlikning Kasaba uyushmasi raisi Umida Ibatxodjayeva Kasaba uyushmasi kuni bilan barcha tizim xodimlarini tabrikladi. U, shuningdek,          Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda O‘zbekiston davlat muassasalari va jamoat xizmati xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi o‘rtasida 2023–2025-yillarga mo‘ljallangan Tarmoq kelishuvi imzolangani, yangi Jamoa shartnomasi ham ishlab chiqilgani haqida ma’lumot berdi.

    Tadbir davomida vazir maslahatchisi Obiddin Maxmudov tomonidan vazirlik tizimida maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirish va sohani rivojlantirish boʻyicha 2023-yil uchun moʻljallangan “Yoʻl xaritasi”ga koʻra “Xushmuomalalik – inson ziynati” mavzusida ma’ruza qilindi.

   Ma’ruzadan so‘ng xushmuomalalik, ustoz-shogird an’analari mavzularida videolavha namoyish etildi va u barchaga manzur bo‘ldi. Tadbir ko‘tarinki ruhda o‘tkazildi. Tadbir ishtirokchilari tashkilotchilarga o‘z minnatdorliklarini bildirishdi.

    “Ma’naviyat marafoni” doirasidagi ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar vazirlikning hududiy boshqarmalari va tizim tashkilotlarida qizg‘in davom etmoqda.

14.11.2023 247