"Dunyodagi qadimiy va boy tillardan biri boʻlgan oʻzbek tili xalqimiz uchun milliy oʻzligimiz va mustaqil davlatchiligimiz timsoli, bebaho maʼnaviy boylik, buyuk qadriyatdir." O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev
16:48:21 (GMT +5) 30.01.2020 Du
  • Bosh sahifa
  • Yangiliklar
  • Otashin shoirni yod etib – Usmon Nosir tavalludining 110-yilligiga bagʻishlangan adabiy-badiiy xotira kechasi oʻtkazildi

Otashin shoirni yod etib – Usmon Nosir tavalludining 110-yilligiga bagʻishlangan adabiy-badiiy xotira kechasi oʻtkazildi

Bugun, 15-dekabr kuni Oʻzbek Milliy akademik teatrida otashin shoir, tarjimon va dramaturg Usmon Nosir tavalludining 110-yilligiga bagʻishlangan adabiy-badiiy xotira kechasi boʻlib oʻtdi.

 

Kechada taniqli adiblar, ilm-fan, madaniyat, sanʼat namoyandalari, ijodkorlar, talabalar va keng jamoatchilik vakillari jam boʻldi.



Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi, Oʻzbekiston xalq shoiri Sirojiddin Sayyid nutq soʻzlab, davlat rahbarining “Otashin shoir, tarjimon va dramaturg Usmon Nosir tavalludining 110-yilligini keng nishonlash toʻgʻrisida”gi qarori oʻzbek adabiy muhitida, shoir xotirasini abadiylashtirishda, u qoldirgan adabiy merosni yosh avlodga chuqur oʻrgatishda muhim ahamiyat kasb etishini taʼkidladi. Shoirning “Tanlangan asarlar”i toʻplami hamda “Usmon Nosir zamondoshlari xotirasida” kitobi nashr etilganini aytib oʻtdi.

 

Tadbir avvalida kinematografiya agentligi tomonidan suratga olingan “Usmon Nosir” hujjatli filmi namoyish qilindi. Shuningdek, Kecha soʻngida Oʻzbek Milliy akademik drama teatri ijodiy guruhi tomonidan “Usmon Nosir” spektakli namoyish qilindi.



15.12.2022 265