"Dunyodagi qadimiy va boy tillardan biri boʻlgan oʻzbek tili xalqimiz uchun milliy oʻzligimiz va mustaqil davlatchiligimiz timsoli, bebaho maʼnaviy boylik, buyuk qadriyatdir." O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev
16:48:21 (GMT +5) 30.01.2020 Du

Tadbirkorlarga ogohlantirish xatlari berildi

Oʻzbekiston Respublikasining 2022-yil 7-iyundagi “Reklama toʻgʻrisida”gi OʻRQ-776-son Qonunning ijrosini ta’minlash maqsadida Sirdaryo viloyati Yangiyer shahar hokimining ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini ta’minlash masalalari bo‘yicha maslahatchisi U.Mirjalolov, Din ishlari bo'yicha Qo'mintaning Yangiyer shahar bosh mutaxassisi Sh.Eshonqulov hamda shahar Ma'naviyat va ma'rifat markazi bosh mutaxasisi B.Akramov bilan hamkorlikda Yangiyer shahridagi “Davlatobod”, “Ma'rifat” va "Fazilat" mahallalalari hududida joylashgan tadbirkorlik subyektlari, xizmat ko‘rsatish shaxobchalarida tashqi reklama va bannerlarning qonun talablariga hamda milliy qadriyatlarga mosligi o‘rganildi.





Bunda tadbirkorlarga tushuntirishish ishlari olib borilib, qonun talablariga zid bo‘lgan tashqi targ‘ibot vositalari olib tashalnib, tadbirkorlarga ogohlantirish xatlari berildi.

18.08.2022 381