"Dunyodagi qadimiy va boy tillardan biri boʻlgan oʻzbek tili xalqimiz uchun milliy oʻzligimiz va mustaqil davlatchiligimiz timsoli, bebaho maʼnaviy boylik, buyuk qadriyatdir." O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev
16:48:21 (GMT +5) 30.01.2020 Du

Vobkent tumanida 9 oy davomida 152 ta peshlavhalar tartibga keltirildi

Joriy yilning 9 oyi davomida tumanda O‘zbekiston Respublikasining “Davlat tili haqida”gi va “Reklama to‘g‘risida”gi qonun talablari buzilishi bilan bog‘liq holatlarning oldini olish bo‘yicha bir qator chora-tadbirlar amalga oshirildi.

Jumladan tuman hokimining tegishli farmoyishi bilan ishchi guruhi tarkibi tuzilib, hozirga qadar 476 dan ortiq tadbirkorlik subyektlari, xizmat ko‘rsatish obyektlari, korxona va tashkilotlardagi peshlavhalar, narxnomalar va e’lonlar, ayniqsa aholi gavjum joylar, bozorlar, savdo rastalari, mahalla guzarlari, ko‘chalardagi panno va bannerlar, lavhalardagi yozuv va tasvirlarning davlat tili qoida-me’yorlariga mos emasligi holati birma-bir o‘rganildi. O‘rganishlar mobaynida til qoidalariga mos kelmaydigan 152 ta peshlavhalar tartibga keltirilib, qonun talablariga mos kelmagan 114 ta reklama-bannerlar esa olib tashlandi.

Bundan tashqari davlat ahamiyatidagi avtomobil yo‘lining chetida o‘rnatilgan bir hududdan boshqa bir hududga o‘tganligini bildiruvchi peshlavhalarning yaroqliligi va ulardagi yozuvlarning lotin yozuvida xatosiz, davlat tilida ifodalanganligi o‘rganildi. Natijada 4 ta holat bo‘yicha aniqlangan kamchiliklar tegishli tashkilotlar bilan birgalikda bartaraf etildi.

Shuningdek, tumanda yil boshidan hozirga qadar 482 ta Yakka tartibdagi tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanadigan tadbirkorlar turli nomlar bilan Davlat xizmatlari markazi tomonidan ro‘yxatdan o‘tgan. Hozirda kelib tadbirkorlar bilan davlat tili qoida va me’yorlariga muvofiq keladigan, obyektlarga qo‘yish tavsiya etiladigan nomlar tanlanib tartibga keltirilmoqda.

O‘rganishlar davom etmoqda.

21-oktabr bayram arafasida tumanni namuna bo‘ladigan darajada tayyorlashga barcha kuch va imkoniyatlarimizni safarbar etamiz.

 

Yusuf NASULLAYEV,

Vobkent tumani hokimining maslahatchisi

25.09.2021 443