"Dunyodagi qadimiy va boy tillardan biri boʻlgan oʻzbek tili xalqimiz uchun milliy oʻzligimiz va mustaqil davlatchiligimiz timsoli, bebaho maʼnaviy boylik, buyuk qadriyatdir." O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev
16:48:21 (GMT +5) 30.01.2020 Du
  • Bosh sahifa
  • Yangiliklar
  • Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston Qahramoni Ibrohim G‘ofurov hamda qiblaga qaratilgan Navoiy haykali haqida:

Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston Qahramoni Ibrohim G‘ofurov hamda qiblaga qaratilgan Navoiy haykali haqida:

«Men “Boburnoma”ni ko‘p-ko‘p o‘qishga, Boburning hayot yo‘lini o‘rganishga harakat qilaman. Bilasizlarmi, Boburda umuman halovat bo‘lmagan. Uning hayot yo‘li mashaqqatlar va kurashlarda o‘tgan, faqat mehnat qilgan. Ibrohim akaning ham hayotida halovati bo‘lmagan, umri mehnatda o‘tgan. Hozirga adabiyot sohasidagi barcha yozuvchi va shoirlarimiz bu insonni ustoz deydi. Bu insonga halollik va poklik bo‘yicha munosib bo‘lishga harakat qiladi.

Ochiq gap, men Erkin Vohidov va Abdulla Oripov bilan do‘st edim. Abdulla Oripov bilan Zomin maktabini tashkil qilgan edik. Erkin Vohidov bilan esa kechalari ham gaplashardik. Erkin akaning bir gaplari bo‘lar edi: agar o‘zbek tilining buyukligini bilishni xohlasang, Ibrohimjondan so‘rash kerak, derdi. Sevib gapirardilar. Ibrohim aka adabiyotimizning ana shunday zabardast namoyandasi.

Ibrohim akaga o‘xshagan halol insonlar bizga o‘rnak bo‘lishi kerak. Hayotda, mehnatda, umrda. Bitta stol, ruchka va bitta xona. Boshqa biror narsani bu inson o‘zi uchun ep ko‘rmagan. Mana shunday inson albatta O‘zbekiston Qahramoni bo‘lishiga loyiq.

So‘nggi yillarda yozuvchilar va shoirlarni qo‘limizdan kelganicha qo‘llab-quvvatlayapmiz. Ularni o‘z binosi ham yo‘q edi, ijarada turishardi, mana, Vatanli bo‘lishdi.

Adiblar xiyoboni tashkil qildik. Bu ham bejiz emas. O‘zligimizni anglamoqchi bo‘lganlar shu xiyobonga kelib ko‘rsin, nurli bo‘lib turgan Navoiy bobomizga qarasin. Nima uchun Navoiy bobomizni ham qiblaga qaratib, o‘zgartirdim. Chunki buni tagida ham ilohiy kuch bor».

Manba: xushnudbek kanali

30.08.2021 632