"Dunyodagi qadimiy va boy tillardan biri boʻlgan oʻzbek tili xalqimiz uchun milliy oʻzligimiz va mustaqil davlatchiligimiz timsoli, bebaho maʼnaviy boylik, buyuk qadriyatdir." O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev
16:48:21 (GMT +5) 30.01.2020 Du
  • Bosh sahifa
  • Yangiliklar
  • “Ma’naviyat va kitobxonlik soati hamda ish yuritishni davlat tilida tashkil etish” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi

“Ma’naviyat va kitobxonlik soati hamda ish yuritishni davlat tilida tashkil etish” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi


Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi va uning hududiy organlari xodimlari orasida kitobxonlik madaniyatiini yanada rivojlantirish, adabiyotshunos olimlar ishtirokida “Ma’naviyat va kitobxonlik soati” o‘tkazish rejasi belgilangan.



Mazkur rejaga asosan, bugun Qo‘mitaning Toshkent viloyati  hududiy boshqarmasi xodimlari ishtirokida Yozuvchilar Uyushmasining Nurafshon shahridagi kutubxonasida «Ma’naviyat va kitobxonlik soati hamda ish yuritishni davlat tilida tashkil etish» mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.



Mazkur davra suhbatida Yozuvchilar uyushmasi Toshkent viloyati bo‘limi rahbari – O‘zbekiston Xalq shoiri Mahmud Toir va Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Toshkent viloyati bo‘limi rahbari Fayziyeva Sayyora ishtirok etishdi.



Shu o‘rinda, viloyat tashkilotlari qatorida bunday uchrashuvlar ilk bora tashkil etilayotganligi ta’kidlab, kelgusida hamkorlikdagi ishlarni yanada rivojlantirish bo‘yicha kelishib olindi.

07.09.2022 1239