"Dunyodagi qadimiy va boy tillardan biri boʻlgan oʻzbek tili xalqimiz uchun milliy oʻzligimiz va mustaqil davlatchiligimiz timsoli, bebaho maʼnaviy boylik, buyuk qadriyatdir." O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev
16:48:21 (GMT +5) 30.01.2020 Du

“Qadring baland bo‘lsin, ona tilim!” respublika tanlovi


Davlat tiliga eʼtiborlimisiz? Har bir ishda davlat tili talablariga rioya etasizmi? Ehtimol, siz o‘zbek tilini kompyuter tiliga aylantirish haqida o‘ylayotgandirsiz? Unda ushbu tanlov aynan siz uchun!

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Maʼnaviyat va davlat tilini rivojlantirish masalalari departamenti Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbek tilini rivojlantirish jamg‘armasi, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi, Innovatsion rivojlanish vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus taʼlim vazirligi, Yozuvchilar uyushmasi, Fanlar akademiyasi, Yoshlar ishlari agentligi hamkorligida o‘zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzini yanada oshirish, uni milliy qadriyat sifatida targ‘ib qilish hamda davlat tiliga oid muammolarni hal etishda ilmiy-amaliy yondashuvni rivojlantirish maqsadida “Qadring baland bo‘lsin, ona tilim!” respublika tanlovini eʼlon qiladi.


Tanlov tortta yo‘nalishda o‘tkaziladi:


Birinchi “Davlat tili ustuvorligi taʼminlangan eng namunali hudud” yo‘nalishida mahalliy ijro etuvchi tuman/shahar hokimliklari ishtirok etadi.

Ikkinchi yo‘nalishDavlat tilida ish yuritish yo‘lga qo‘yilgan eng yaxshi tizim vazirlik, idora, xo‘jalik birlashmalari o‘rtasida aniqlanadi.

Uchinchi “O‘zbek tilini rivojlantirishga qaratilgan eng yaxshi ilmiy-amaliy loyiha va dasturiy mahsulotlar” yo‘nalishida ilmiy tashkilotlar, oliy va o‘rta-maxsus taʼlim muassasalari qatnashadi.

To‘rtinchi yo‘nalish  “O‘zbek tilining qudrati va go‘zalligini tarannum etgan eng yaxshi badiiy asar” yozuvchi, shoirlar o‘rtasida aniqlanadi.


Tanlovning har bir yo‘nalishi bo‘yicha loyihalar joriy yilning 1-iyulidan 1-sentabriga qadar Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazida tashkil etilgan ishchi guruh tomonidan qabul qilinadi  va g‘oliblar 21-oktabr – O‘zbek tili bayrami kuni arafasida eʼlon qilinib, qimmatbaho sovrinlar bilan taqdirlanadi.

Darvoqe, Tanlov nizomiga ko‘ra, oldingi yillarda g‘olib bo‘lganlar tanlovda ishtirok etmaydi.

Tanlov haqidagi batafsil maʼlumotni www.til.gov.uz saytidan yoki (71) 215-53-98, (71) 239-86-99 raqamlariga bog‘lanib olishingiz mumkin.

Tilimizning taqdiriga befarq bo‘lmang va “Qadring baland bo‘lsin, ona tilim! respublika tanlovini ijtimoiy tarmoqlarda #qadribalandonatilim kalit so‘zi bilan ommalashtiring.

01.07.2022 622