"Dunyodagi qadimiy va boy tillardan biri boʻlgan oʻzbek tili xalqimiz uchun milliy oʻzligimiz va mustaqil davlatchiligimiz timsoli, bebaho maʼnaviy boylik, buyuk qadriyatdir." O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev
16:48:21 (GMT +5) 30.01.2020 Du

SURXONDARYODA QONUN IJROSI TAʼMINLANMOQDA


Bugun Davlar kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyat boshqarmasida Oʻzbekiston Respublikasining "Geografik obyektlarning nomlari toʻgʻrisida"gi Qonun ijrosi doirasida viloyatda geografik obyektlarning nomlari sohasidagi ishlarni tashkil etish, tuman va shaharlarda amalga oshirilayotgan ishlarni oʻrganish maqsadida Respublika ishchi guruhi tomonidan seminar-mashgʻulot tashkil etildi.


Seminarda tarixiy kelib chiqishga ega aholi punktlari nomlari, geografik obyektlarni toʻliq davlat reyestrga kiritish masalalari muhokama qilinib, viloyatdagi 723 ta mahallalarning aniq chegarali, koʻchalari toifalarga ajratilgan sxematik xaritalarini yaratish boʻyicha tushunchalar berildi.


Ishchi guruh tomonidan tuman va shaharlar kesimida geografik obyektlar roʻyxati, mahallalarning sxematik xaritalari alohida-alohida koʻrib chiqildi. Mavjud kamchiliklarni bartaraf etish boʻyicha koʻrsatmalar berildi.

25.11.2022 316