"Dunyodagi qadimiy va boy tillardan biri boʻlgan oʻzbek tili xalqimiz uchun milliy oʻzligimiz va mustaqil davlatchiligimiz timsoli, bebaho maʼnaviy boylik, buyuk qadriyatdir." O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev
16:48:21 (GMT +5) 30.01.2020 Du
  • Bosh sahifa
  • Yangiliklar
  • Viloyat hokimligi, prokuratura va adliya boshqarmasi hamkorligida seminar tashkil etildi

Viloyat hokimligi, prokuratura va adliya boshqarmasi hamkorligida seminar tashkil etildi


2023-yil 1-yanvaridan boshlab normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari tashkilot rahbarining maslahatchisi tomonidan lingvistik ekspertizadan o‘tkaziladi.

Bunda asosan, jumlalarning soddaligi va qisqaligi, ta’riflarning aniqligi, imlo, uslubiy, grammatik hamda orfografiya qoidalariga mosligi kabilar e’tiborga olinadi. O‘tkazilgan seminarda mazkur masalalar muhokama qilindi.

Viloyat hokimi maslahatchisi Z.Aminova, viloyat prokuraturasi bo'lim prokurori I.Xoldanov va adliya xodimlari tomonidan “Davlat tili haqida”gi, “Reklama to‘g‘risida”gi  va “Geografik obyektlarning nomlari to‘g‘risida”gi qonunlar ijrosi, huquqiy hujjatlarning mazmun mohiyatiga hamda  joylarda ishchi guruhlar tomonida olib borilayotgan o‘rganishlarning natijalariga e’tibor qaratildi.

Seminar yakunida davlat tili masalalari bo‘yicha maslahatchilarga tashakkurnoma va tabriknomalar taqdim etildi.

04.11.2022 325