"Dunyodagi qadimiy va boy tillardan biri boʻlgan oʻzbek tili xalqimiz uchun milliy oʻzligimiz va mustaqil davlatchiligimiz timsoli, bebaho maʼnaviy boylik, buyuk qadriyatdir." O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev
16:48:21 (GMT +5) 30.01.2020 Du
  • Bosh sahifa
  • Yangiliklar
  • “Global integratsiya sharoitida turkiy tillar taraqqiyoti: muammo va vazifalar” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman bo‘lib o‘tdi

“Global integratsiya sharoitida turkiy tillar taraqqiyoti: muammo va vazifalar” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman bo‘lib o‘tdi


2024-yilning 11-12-may kunlari “Global integratsiya sharoitida turkiy tillar taraqqiyoti: muammo va vazifalar” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman bo‘lib o‘tdi.

Ushbu xalqaro anjuman O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ma’muriy islohotlar doirasida oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar sohasida davlat boshqaruvini samarali tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2024-yil 18-yanvardagi 16-sonli buyrug‘iga asosan o‘tkazildi.

Anjuman hozirgi turkiy adabiy tillarining rivojlanishi, qardosh tillar fonetikasi, alifbo va imlo masalalari, turkiy adabiy tillarning grammatik qurilishi, turkiy tillar kompyuter lingvistikasi, turkiy tillar shevalarining mushtarakligi, ularning lug‘at tarkibi va sohaviy terminologiyasi kabi masalalarni o‘rganish va chuqurroq tahlil qilish, ushbu yo‘nalishlarda o‘zaro tajriba almashish, hamkorlik aloqalarini mustahkamlash maqsadida tashkil etildi.

Mazkur ilmiy-amaliy anjuman Vazirlar Mahkamasining Davlat tilini rivojlantirish departamenti, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbek tilini rivojlantirish jamg‘armasi,  Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi Davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirish markazi, Turkiyaning Turk Dil Kurumu va Ankara Haci Bayram Veli Üniversitesi hamkorligida tashkil etilgan bo‘lib, unda Turkiyadan 9 nafar, Qozog‘istondan 8 nafar, Qirg‘izistondan 6 nafar, Ozarbayjondan 2 nafar, Rossiyadan 5 nafar, Turkmaniston va Xitoydan 1 nafardan faxriy mehmonlar, tilshunos olimlar ishtirok etdi.

Vazirlar Mahkamasining Davlat tilini rivojlantirish departamenti rahbari Xolbo‘tayev Nodir Jonuzoqovich, Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti rektori Sirojiddinov Shuhrat Samariddinovich, Alisher Navoiy nomidagi O‘zbek tili, adabiyoti va folklor instituti direktori Mahmudov Nizomiddin Mamadaliyevich, Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti rektori Rixsiyeva Gulchehra Shavkatovna, Ozarbayjonning Nasimiy nomidagi Tilshunoslik instituti direktori Nadir Mammadli, Turkiya Respublikasi Madaniyat va Turizm Vazirligi Otaturk Madaniyat, Til va Tarix Oliy Jamiyati boshlig‘i BE Prof. Dr. Derya Örs, Turkiya Respublikasi Madaniyat va Turizm Vazirligi Otaturk Madaniyat, Til va Tarix Oliy Jamiyati Turk Til Jamiyati boshlig‘i Prof. Dr. Osman Mert ham tabrik so‘zi bilan qatnashdi.

Anjumanda O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Turkmaniston, Turkiya, Ozarbayjon kabi mamlakatlarning tilshunos olimlari, vazirlik, idora va hokimliklarning Davlat tili masalalari bo‘yicha maslahatchilar ishtirok etishda.

Anjuman doirasida 5 ta shu’ba yig‘ilishlari tashkil etildi. Ularda 7 ta davlatdan 34 nafar xorijlik, 48 nafar mahalliy soha olimlari hamda 100 dan ortiq professor o‘qituvchilar, ilmiy tadqiqotchilar o‘z ma’ruzalari bilan ishtirok etishdi.  Yakunda  hamkorlikda ilmiy tadqiqotlar olib borish, ko‘p tilli lug‘atlar yaratish, o‘zaro tajriba almashish  bo‘yicha hamkorlikni davom ettirish bo‘yicha shartnomalar imzolandi.

 

 

13.05.2024 161