"Dunyodagi qadimiy va boy tillardan biri boʻlgan oʻzbek tili xalqimiz uchun milliy oʻzligimiz va mustaqil davlatchiligimiz timsoli, bebaho maʼnaviy boylik, buyuk qadriyatdir." O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev
16:48:21 (GMT +5) 30.01.2020 Du

Davlat tilini o‘rganish bo‘yicha o‘quv kursi tashkil etildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 20 oktyabrdagi PF-6084-son “Mamlakatimizda o‘zbek tilini yanada rivojlantirish va til siyosatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni hamda O‘zbekiston Respublikasi IIVning ko‘rsatmasi ijrosini taʼminlash maqsadida, Sirdaryo viloyati IIB boshlig‘ining 2021-yil 5-iyundagi 55-sonli farmoyishi imzolandi.


Ushbu farmoyish talablariga asosan bugun A.Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi Davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirish markazining Guliston davlat universitetida joylashgan filialida Sirdaryo viloyati ichki ishlar organlarida xizmat qilayotgan 25 nafar rahbar xodimlar davlat tilini o‘rganish bo‘yicha o‘quv kursida o‘qitilmoqda.

 

Sirdaryo viloyati IIB Kadrlar boshqarmasi

21.06.2021 473