"Dunyodagi qadimiy va boy tillardan biri boʻlgan oʻzbek tili xalqimiz uchun milliy oʻzligimiz va mustaqil davlatchiligimiz timsoli, bebaho maʼnaviy boylik, buyuk qadriyatdir." O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev
16:48:21 (GMT +5) 30.01.2020 Du
  • Bosh sahifa
  • Yangiliklar
  • Tuman, mahallalar xaritasi qiyosiy o‘rganilib, mayjud tafovutlar bartaraf etilib, nomsiz ko‘chalar belgilab olindi

Tuman, mahallalar xaritasi qiyosiy o‘rganilib, mayjud tafovutlar bartaraf etilib, nomsiz ko‘chalar belgilab olindi


Joriy yilning 17-noyabr kuni Vazirlar Mahkamasining Ma'naviyat va davlat tilini rivojlantirish masalalari departamenti tomonidan tuzilgan ishchi guruhi Buxoroda bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasining "Geografik obyektlarning nomlari to‘g‘risida" gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida"gi 2022-yil 2-noyabrdagi O‘RQ-799-son Qonuning mazmun-mohiyati, ushbu sohadagi qonunchilik hujjatlari ijrosini ta'minlash bo‘yicha dolzarb masalalar, geografik obyektlarni nomlash va qayta nomlash, shuningdek, nomlarni davlat ekspertlzasidan o‘tkazish, tegishli qaror bilan tasdiqlash va davlat reyestriga kiritilishini ta'minlash hamda "GEONAMES, UZ" elektron axborot veb-portali bilan ishlash borasida seminar tashkil etildi.


Seminarda tumanlar hokimlari maslahatchilari, Kadastr palatasi, statistika va mahalla bo‘limi rahbarlari ishtirok etishdi. 


Bugun Buxoro tumanida mavjud mahallalar xaritasi tuman hokimi maslahatchisi Z.Ergasheva, Kadastr palatasi Buxoro tumani filiali rahbar o‘rinbosari F.To‘rayev, mutaxassisi B. Jonmardovlar hamkorligida solishtirma ko‘rib chiqilib, mavjud nomutanosibliklar tuman bazasiga moslashtirildi, shu bilan birga nomsiz ko‘chalar ham belgilab olindi.

   Hamkorlikdagi ishlar davom etmoqda. 

 

     Z. ERGASHEVA 

Tuman hokimi maslahatchisi

 

30.11.2022 344