- Bosh sahifa
- Yangiliklar
- Innovatsion rivojlanish vazirligida Isajon Sulton ijodiga bagʻishlangan tadbir tashkil qilindi
Innovatsion rivojlanish vazirligida Isajon Sulton ijodiga bagʻishlangan tadbir tashkil qilindi
Yaqinda Turkiyaning Bursa shahrida Turk til qurumi, Turk
davlatlari kengashi, Turkiya madaniyat va turizm vazirligi, Otaturk nomidagi
madaniyat, tarix va til yuksak qurumi tomonidan o‘tkazilgan “Tilda, fikrda,
ishda birlik – turkiy dunyo adabiyot (roman) mukofotlari” tanlovida O‘zbekiston xalq yozuvchisi Isajon
Sultonning “Bilga xoqon” asari g‘oliblar qatoridan oʻrin olgan edi.
Innovatsion
rivojlanish vazirligida Isajon Sulton ijodiga bagʻishlangan tadbir tashkil
qilindi. Tadbirda soʻzga chiqqan Vazirlar Mahkamasining Ma’naviyat va davlat
tilini rivojlantirish masalalari departamenti mudiri Shukurov Sobir Sayfiyevich
davlatimiz tomonidan ijodkorlarga qilinayotgan e’tibor, yaratilayotgan
sharoitlar, jumladan, yosh ijodkorlarga uy-joy ajratilayotgani xususida
gapirib, Isajon akaning yutugʻi ham ana shu e’tiborning natijasi ekanligini
ta’kidladi. Adib ijodi haqida to’xtalib, tarixiy mavzudagi asarlari bilan
tariximizning oʻrganilmagan sahifalarini ochib berayotgani, “Navoiy”,
“Ma’suma”, bugun e’tirof etilayotgan “Bilga xoqon” asarlari aynan vatan uchun,
millat taqdiri uchun qaygʻurgan allomalar, buyuk zotlar hayotiga bagʻishlanganini
aytib oʻtdi.

Tadbir soʻnggida adibning yutugʻi qimmatbaho sovgʻalar
bilan, milliy chopon kiydirish orqali e’tirof etildi.