"Dunyodagi qadimiy va boy tillardan biri boʻlgan oʻzbek tili xalqimiz uchun milliy oʻzligimiz va mustaqil davlatchiligimiz timsoli, bebaho maʼnaviy boylik, buyuk qadriyatdir." O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev
16:48:21 (GMT +5) 30.01.2020 Du

“Olamda tengi yoʻq, durdona tilim!”

Kuni kecha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Oʻrmon xoʻjaligi qoʻmitasida joy, tashkilot nomlari, peshlavhalar, ommaviy targʻibot vositalari, reklama va eʼlonlarni, shuningdek, idoraviy ish qogʻozlar, turli blanklarning lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosida boʻlishini taʼminlash boʻyicha oʻrganishlar oʻtkazildi. Shuningdek, Qoʻmita va Nukus tumani oʻrmon xoʻjaligi xodimlari uchun oʻzbek va qoraqalpoq tillari targʻibotiga bagʻishlangan “Olamda tengi yoʻq, durdona tilim!” nomli targʻibot tadbirlari tashkil etildi.

Targʻibot tadbirida Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi qoshidagi “Maʼrifat” targʻibotchilar jamiyatining Qoraqalpogʻiston Respublikasidagi aʼzosi, Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi Sharapiddin Ayapov, Qoraqalpogʻiston yozuvchilar uyushmasi aʼzosi Otarbayev Rauaj hamda Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi raisining Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini taʼminlash masalalari boʻyicha maslahatchisi Malika Abduxakimovalar ishtirok etishdi.

Mamlakatimizda 21-oktabr – oʻzbek tili bayrami; 1-dekabr – qoraqalpoq tili kuni keng nishonlanadi. Oʻzaro et bilan tirnoqdek boʻlib ketgan qardosh xalqlarning tilga boʻlgan hurmati cheksiz ekanligi taʼkidlandi.  Millatni himoya qilish uchun uning tilini himoya qilish, asrash, rivojlantirish zarurligi, buni esa davlat bajara olishi, til davlat himoyasiga olinmas ekan, u rivojlana olmasligi taʼkidlandi.

Tadbirda ona tiliga bagʻishlangan sheʼrlar oʻqib berildi. Vazirlar Mahkamasining Maʼnaviyat va davlat tilini rivojlantirish masalalari departamenti tomonidan chop etilgan kitob, lugʻat va qoʻllanmalar amaliy yordam sifatida Qoraqalpogʻiston Respublikasi oʻrmon xoʻjaligi qoʻmitasiga tuhfa etildi.

Malika Abduxakimova,

Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi

raisining maslahatchisi

25.09.2021 490