"Dunyodagi qadimiy va boy tillardan biri boʻlgan oʻzbek tili xalqimiz uchun milliy oʻzligimiz va mustaqil davlatchiligimiz timsoli, bebaho maʼnaviy boylik, buyuk qadriyatdir." O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev
16:48:21 (GMT +5) 30.01.2020 Du

21-oktabr – O‘zbek tili bayrami kuni!


Shahrisabz shahar hokimligi hamda Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi shahar bo‘linmasi bilan hamkorlikda Axborot-kutubxona markazi xodimlari va kitobxonlar o‘rtasida 21-oktabr – “O‘zbek tili bayrami kuni” munosabati bilan ma’naviy-ma’rifiy muloqot tashkil etildi.


Unda shahar hokimining davlat tili masalalari bo‘yicha maslahatchisi F.Axmedova hamda RMMM shahar bo‘linmasi rahbari L.Abdullayevalar ona tilimiz tarixi va uning bugungi mavqeyi haqida fikr yuritdilar.


Muloqot davomida 2020-yilning 10-aprelida Prezidentimiz tomonidan imzolangan “Oʻzbek tili bayrami kunini belgilash toʻgʻrisidagi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni alohida tilga olindi. Boisi, mazkur Qonunning qabul qilinishi nafaqat yurtimiz, balki butun dunyodagi 50 milliondan ortiq oʻzbeklar va ona tilimiz ixlosmandlarini birdek quvontirdi. Ahamiyatlisi, “Oʻzbek tili bayrami kunini belgilash toʻgʻrisidagi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining millatimiz fidoyisi Аbdulla Qodiriy tavallud kunida qabul qilinishi xalqimiz dilidagi katta bir orzuning amaldagi ro‘yobi bo‘ldi. Mana uch yildirki, 21-oktabr mamlakatimizda Oʻzbek tili bayrami kuni sifatida keng nishonlanib kelinmoqda. Bu esa ona tilimizning tantanasi, millatimiz ruhi va manaviyatining, milliy anʼanalarimizning yuksak tarannumidir.

11.10.2022 281