"Dunyodagi qadimiy va boy tillardan biri boʻlgan oʻzbek tili xalqimiz uchun milliy oʻzligimiz va mustaqil davlatchiligimiz timsoli, bebaho maʼnaviy boylik, buyuk qadriyatdir." O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev
16:48:21 (GMT +5) 30.01.2020 Du
  • Bosh sahifa
  • Yangiliklar
  • “Oʻzbek ayoli – oʻtmish, nafosat, kelajak ramzi” nomli Respublika fotokoʻrgazmasi tashkil etildi

“Oʻzbek ayoli – oʻtmish, nafosat, kelajak ramzi” nomli Respublika fotokoʻrgazmasi tashkil etildi

Ayol oilaninggina emas, jamiyatning ham gultoji. Qaysi soha yoki qaysi jabhada boʻlmasin, ayol bor boʻlsa, albatta u yerdan mehrning, nafosatning hidi keladi. U ishga hissiyot, taʼlim-tarbiya olishda oʻz tuygʻu va haroratini bagʻishlaydi. Baxtning nafasi yeladi. Tan olib ayta olamanki, Ayollarmiz, ayniqsa, qizlarimiz garchi qaldirgʻochday mehribon, burgut kabi chapdast, lochindek uchqur hamda musichadek beozor boʻla turib, Vatanga sadoqat bilan xizmat qilish uchun bilim asoslari va amaliyotni egallashda olgʻa qarab intilmoqda. Ular kelajakda oʻz kasbiy mahoratini puxta egallab, bir nechta xorijiy tillarni oʻzlashtirib, kompyuter bilan bemalol tillasha oladi, maʼnaviyati yuksak... Sifatlar roʻyxatini yana davom ettirish mumkin.

Oʻzbekiston Respublikasi “Oʻzarxiv” agentligi hamda Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi rahbarlari U. Yusupov va A. Nuriddinovlar tashabbusi bilan “Oʻzbek ayoli – oʻtmish, nafosat, kelajak ramzi” nomli Respublika fotokoʻrgazmasi  tashkil etildi.  Fotokoʻrgazmaga Oʻzbekiston miliy arxivlari, davlat arxivlarida saqlanayotgan 1500 dan ortiq fotosuratlar inventerizatsiya qilinib, eng saralari, eng noyob boʻlgan va sanʼat asari darajasida aks etgan fotolar tanlab olindi.

Fotokoʻrgazmagan 200 dan ortiq fotosuratlar taqdim etildi.

Fotokoʻrgazmaning asosiy maqsadi Oʻzbekiston ayollariga boʻlgan hurmat va ehtiromni yanada yuksak darajaga olib chiqishdan iboratdir.

Koʻrgazmaning 8-mart –xalqaro xotin-qizlar kuni arafasida oʻtkazilayotganligining boisi ham manashundadir. Koʻrgazmamiz 14-martga qadar davom etadi.

Eʼtibor bersangiz. Fotokoʻrgazmaning nomi Oʻzbek ayoli deb boshlanadi, bu ramziy albatta, bu yerda Oʻzbekiston ayollari nazarda tutilgan boʻlib, ularning oʻtmishi, iztirobi, kechinmalari, faoliyati, mehnati va oilalari aks etirilgan. Mazkur jarayonni 1917-yilgacha bulgan davr deb – koʻrgazma nomida oʻtmish deb belgilandi.

Davriylikka eʼtibor qaratadigan boʻlsak, bunda ayollar turmushining 1917-yilgacha – tarixiy davr deb belgilangan boʻlib, u davr fotolari kirish qismiga joylangan.

1917-yildan – 1940-yilgacha boʻlgan davrni kirishdan koʻrgazmaning oʻn tomoniga joylashtirtilgan boʻlib, sharq ayollari, jumladan Markaziy Osiyoda real hayotda yashagan ayollar tasviri tushirilgan fotolarda ularning turmush tarzi, hayoti, mehnat faoliyati, qisqacha aytganda quvonchu-tashvishlarini koʻrish mumkin. Bu davrda sobiq ittifoq tuzilmasining boshlanishidan ikkinchi jahon urishi davrigacha boʻlgan davr qamrab olindi.

1940-1950-yillar, 1960-70 yillar, 1980-90 yillar, Mustaqillikning ilk davri fotohujjatlari bilan zalga xronologik tartibda joylashtirildi.

Eng muhimi 1940-yillargacha boʻlgan fotosuratlar ichida chet davlatlarda nufuzli mukofotlarga, sovrinlarga sazovor boʻlgan fotosuratlar, jamoat va davlat arboblari, Oʻzbekiston ravnaqiga hissa qoʻshgan mexanizator ayollar, shoiralar, yozuvchilar, madaniyat va sanʼat sohasi xodimlari bilan bir qatorda oddiy qishloq ayolining fotolari joylashtirilgan.

Oʻzbek ayolining nafosatligi ham mana shunda, qayerda mehnat qilmasin oʻzbek ayoli, avvalambor, oila, millat, vatan beshigini tebratuvchi sifatida eʼtirof etilgan.

Ayollar haqida gapirganda, yana bir oddiy haqiqatni eslab oʻtish joiz. Axir har qanday Inson – Onaning farzandi. Hayotga daho farzand yetkazib bergan onani qahramon, buyuk demay boʻladimi? Hozirgi paytda faol xotin-qizlarimizni davlat va jamoat tashkilotlarida, siyosiy partiyalarda, ilgʻor tadbirkorlar qatorida, olimu shoiralar safida istagancha uchratish mumkin. Nazarimda, ayrim sohalarda ayollar oʻz salohiyatlari, mehnatkashliklari bois erkaklardan ham oʻzib ketdi. Jamiyatimizda ulkan evrilishlar yuz bergan, raqamli iqtisodiyotning rivojlanishi boʻy koʻrsatayotgan hozirgi yangi Oʻzbekistonni barpo etish yoʻlida fidokorona mehnatda aynan ayollarimizning maʼlum bir qatlami zamon talablariga ayrim erkaklarga qaraganda ham tezroq “labbay” deb javob bermoqda. 

04.03.2022 506