"Dunyodagi qadimiy va boy tillardan biri boʻlgan oʻzbek tili xalqimiz uchun milliy oʻzligimiz va mustaqil davlatchiligimiz timsoli, bebaho maʼnaviy boylik, buyuk qadriyatdir." O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev
16:48:21 (GMT +5) 30.01.2020 Du
  • Bosh sahifa
  • Yangiliklar
  • Respublika ishchi guruhi Davlat reyestridagi joy nomlarini qayta tekshirib chiqmoqda

Respublika ishchi guruhi Davlat reyestridagi joy nomlarini qayta tekshirib chiqmoqda


O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Maʼnaviyat va davlat tilini rivojlantirish masalalari departamenti tomonidan Kadastr agentligining masʼul xodimlaridan iborat Ishchi guruh tuzilgan.


Ishchi guruh Vazirlar Mahkamasining “Geografik obyektlarning nomlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq geografik obyektlarning nomlari sohasidagi ishlarni tartibga solish chora-tadbirlari haqida”gi qarori ijrosi bo‘yicha Qashqadaryoda amalga oshirilayotgan ishlarni o‘rganib chiqmoqda.


Shuningdek, amaliy-uslubiy yordam ko‘rsatish maqsadida  Davlat kadastrlari palatasining viloyat. boshqarmasi va uning  filiallari masʼul xodimlari, hokimlarning maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatalariga rioya etilishini taʼminlash masalalari bo‘yicha maslahatchilari bilan birgalikda Davlat reyestridagi joy nomlarini qayta tekshirib chiqilmoqda.

23.11.2022 259