"Dunyodagi qadimiy va boy tillardan biri boʻlgan oʻzbek tili xalqimiz uchun milliy oʻzligimiz va mustaqil davlatchiligimiz timsoli, bebaho maʼnaviy boylik, buyuk qadriyatdir." O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev
16:48:21 (GMT +5) 30.01.2020 Du
  • Bosh sahifa
  • Yangiliklar
  • Abadiyatga aylangan adabiyot: Xalq yuragi turkum hujjatli filmlari namoyishi bo‘lib o‘tdi

Abadiyatga aylangan adabiyot: Xalq yuragi turkum hujjatli filmlari namoyishi bo‘lib o‘tdi

Bugun Kinematografiya agentligida “Xalq yuragi” turkumi ostida 24 nafar adibga bag‘ishlab, suratga olingan hujjatli filmlarning namoyishi o‘tkazildi.

Mazkur filmlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2020-yil 20-may kuni Toshkent shahrida bunyod etilgan “Adiblar xiyoboni”ga hamda shu yilning noyabr oyida “O‘zbekfilm” kinostudiyasiga tashrifi davomida bergan topshiriqlari ijrosini taʼminlash maqsadida, O‘zbekiston Respublikasi Kinematografiya agentligi hamda oliy taʼlim muassasalari hamkorligida suratga olingan.

Ushbu turkumdan o‘rin olgan filmlar Alisher Navoiy, Zahiriddin Muhammad Bobur, Ogahiy, Abdulla Avloniy, G‘afur G‘ulom, Maqsud Shayxzoda, Abdulla Oripov, Zulfiya, Abdulla Qahhor, To‘lepbergan Qayipbergenov, Muhammad Yusuf va bir qator adiblarning hayoti va ijodiy faoliyati haqida.

Namoyishda Agentlik bosh direktori Firdavs Abduxoliqov, Bosh direktorning birinchi o‘rinbosari Shuhrat Rizayev, “O‘zbekfilm” kinokonsern” DUK direktori Bahodir Odilov, film ijodkorlari hamda OTM professor-o‘qituvchilari so‘zga chiqishdi. Tadbirda Zahiriddin Muhammad Bobur haqidagi hujjatli film premyera qilindi.

“Xalq yuragi” turkumi ostida suratga olingan 24 ta film O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 30 yilligiga katta tuhfa bo‘lishi rejalashtirilgan. Namoyishga kinomutaxassislar, taniqli kinoijodkorlar, Oliy taʼlim muassasalari professor-o‘qituvchilari hamda OAV vakillari va yoshlar tashrif buyurishdi. Filmlar namoyishidan so‘ng jurnalist va blogerlardan iborat Kinomediaklubning navbatdagi uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Kinematografiya agentligi Axborot xizmati

14.08.2021 624