"Dunyodagi qadimiy va boy tillardan biri boʻlgan oʻzbek tili xalqimiz uchun milliy oʻzligimiz va mustaqil davlatchiligimiz timsoli, bebaho maʼnaviy boylik, buyuk qadriyatdir." O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev
16:48:21 (GMT +5) 30.01.2020 Du

“Biz sizni eshitamiz” loyihasi yo‘lga qo‘yildi


    Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi tomonidan

“Biz sizni eshitamiz” loyihasi yo‘lga qo‘yilgan.

    Loyihaning navbatdagi sonida mutasaddi vazirlik va idoralar, reklama bozorining yirik subyektlari, tashqi reklama va axborot obyektlari (konstruksiyalari) egalari, reklama agentliklari, reklama beruvchi va tarqatuvchilar, ommaviy axborot vositalari ishtirokida

    “Reklama bozorini rivojlantirishning yangi bosqichlari” mavzusi muhokama qilindi.

    Unda Raqobat qo‘mitasi raisi Shaxrux Sharaxmetov reklama bozorini rivojlantirishda amalga oshirilayotgan ishlarga to‘xtalib o‘tdi.

    Davra suhbatida Vazirlar Mahkamasining  Davlat tilini rivojlantirish departamenti rahbari Nodir Jonuzoq ham ishtirok etib,  “Reklama to‘g‘risida”gi Qonunning 6-moddasiga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi hududida reklama davlat tilida tarqatilishi, shuningdek, reklama mazmunining tarjimasini berishda aniq me’yorlar belgilanganligini ta’kidlab o‘tdi.

14.09.2023 315