- Bosh sahifa
- Yangiliklar
- Amir Temurning hayoti va faoliyati haqida o‘zbek tilida bitilgan eng eski qo‘lyozma aniqlandi
Amir Temurning hayoti va faoliyati haqida o‘zbek tilida bitilgan eng eski qo‘lyozma aniqlandi
Bu haqda O‘zbekiston madaniy merosini saqlash,
o‘rganish va ommalashtirish bo‘yicha Butunjahon jamiyati aʼzosi Badriddin
Maqsudov maʼlum qildi.
Uning aytishicha, kitob Amir Temur haqida yozilgan va
shu paytga qadar yetib kelgan turkiy qo‘lyozmalarning hozircha eng qadimiysi
bo‘lishi mumkin.
Kitobning xotimasida qo‘lyozma hijriy 1027-yil rajab
oyida bitilgani qayd etilgan. Bu milodiy 1618-yilning iyun-iyul oylariga
to‘g‘ri keladi.
Kitob kimning qalamiga mansub ekani, kim tomonidan,
qayerda ko‘chirilgani hozircha maʼlum emas.
Maʼlumot o‘rnida, ayni paytga qadar Amir Temur haqida bitilgan turkiy asarlarning eng qadimiysi 1713-yilda yaratilgan, deb kelinadi.
10.10.2022
178