"Dunyodagi qadimiy va boy tillardan biri boʻlgan oʻzbek tili xalqimiz uchun milliy oʻzligimiz va mustaqil davlatchiligimiz timsoli, bebaho maʼnaviy boylik, buyuk qadriyatdir." O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev
16:48:21 (GMT +5) 30.01.2020 Du

Qashqadaryo viloyatida o‘zbek tiliga oid kitoblar taqdimoti o‘tkazildi

                 Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 20-oktabrdagi “Mamlakatimizda oʻzbek tilini rivojlantirish va til siyosatini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 6084-sonli Farmonida belgilangan vazifalar doirasida Vazirlar Mahkamasi davlat tilini rivojlantirish departamentining Oʻzbek tilini rivojlantirish jamgʻarmasi tomonidan bir qator lugʻatlar, kitob va qoʻllanmalar nashr etib kelinmoqda.


“Oʻzbek tilining katta imlo lugʻati”, “Oʻzbek tilining izohli lugʻati”, “Oʻzbek tilining oʻquv imlo lugʻati”, “Axborot texnologiyalari atamalarining izohli lugʻati”, “Oʻzbekiston joy nomlari”, “Oʻzbek tilining shakllanishi va rivojlanishi tarixi”, “Kimyo atamalarining izohli lugʻati” kabi bir qator lugʻat va kitoblar reja asosida tuman (shahar) hokimliklariga yetkazildi.
Ayni kunda maslahatchilar tomonidan tashkilot, muassasa, korxonalarda kitoblarning taqdimoti oʻtkazilmoqda.
Maʼrifiy tadbirlarda mazkur kitoblarning davlat tilini rivojlantirishdagi ahamiyati va ulardan samarali foydalanish tartiblari haqida tavsiya va tushunchalar berilmoqda.
19.01.2024 183