"Dunyodagi qadimiy va boy tillardan biri boʻlgan oʻzbek tili xalqimiz uchun milliy oʻzligimiz va mustaqil davlatchiligimiz timsoli, bebaho maʼnaviy boylik, buyuk qadriyatdir." O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev
16:48:21 (GMT +5) 30.01.2020 Du

Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabida “O‘zbegim” jurnali tashkil etildi!

Xushxabar

Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabida “O‘zbegim” jurnali tashkil etildi!

O‘quvchilar ijodini targ‘ib etish, ularning mahorati va tajribasini oshirib borish, adabiy janrlar va yangiliklardan boxabar etib borish maqsadida tashkil etilgan jurnalning nishona soni yaqindagina chop etildi. Yangi nashr har oyda bir bor chop etilishi ko‘zda tutilmoqda. Undagi “Bizning qahramonlarimiz”, “Oyina”, “Gulqaychi” singari ruknlar maktab hayoti bilan yaqindan tanishtirsa, “Sheʼriy guldasta”, “Nasr bekati”, “Maktub”, “G‘azal oqshomi” kabi ruknlar o‘quvchilarning yangi ijod namunalarini aks ettirishga xizmat qiladi.

Umid qilamizki, “O‘zbegim” jurnali kelgusida ijod maydonida munosib o‘rniga ega bo‘ladi va nafaqat o‘quvchi va ustozlarning, balki ota-onalar hamda ko‘psonli  adabiyot muxlislarining sevimli nashriga aylanadi.


© Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi

12.12.2020 1014