"Dunyodagi qadimiy va boy tillardan biri boʻlgan oʻzbek tili xalqimiz uchun milliy oʻzligimiz va mustaqil davlatchiligimiz timsoli, bebaho maʼnaviy boylik, buyuk qadriyatdir." O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev
16:48:21 (GMT +5) 30.01.2020 Du

O‘rganishlar o‘z samarasini bermoqda

Prezidentimizning “O‘zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqeyini tubdan oshirish chora-tadbirlari” to‘g‘risidagi farmoniga ko‘ra tashkil etilgan Vazirlar Mahkamasi tuzilmasidagi Maʼnaviyat va davlat tilini rivojlantirish masalalari departamenti va uning joylardagi vakillarining asosiy vazifalaridan biri davlat tilini rivojlantirish, davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi ustidan monitoringni amalga oshirish, ushbu sohada jamoatchilik nazoratining samarali shakllarini joriy etishdan iborat.

Toshkent shahri Yakkasaroy tuman hokimining maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirish bo‘yicha maslahatchisi Dildora Ismoiljonova tumandagi markaz ko‘chalaridagi savdo do‘konlarida o‘rganishlar olib borib, tadbirkorlarga “Davlat tili to‘g‘risi”dagi qonun talablari tushuntirildi. O‘rganishlar o‘z samarasini bermoqda.

Shu o‘rinda yurtdoshlarimizga yana bir bor eslatib o‘tamiz, “Davlat tili to‘g‘risi” dagi qonun talablariga ko‘ra, biron reklama yoki eʼlon, ko‘rgazmali yozuvlar bo‘lsa, oldin davlat tilimizda, yaʼni o‘zbek tilida, keyin boshqa tillarda yozilishi shart.

Yakkasaroy tuman hokimligi Matbuot xizmati

09.11.2021 436