- Bosh sahifa
- Yangiliklar
- 8-dekabr – O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni
8-dekabr – O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni
Bugun Xorazm viloyat musiqali drama teatrida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 30 yilligiga bag‘ishlangan tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi.
Mehnat faxriylari, davlat va jamoat tashkilotlari, huquqni muhofaza qilish organlar, yoshlar va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etgan tadbirda viloyat hokimi Farxod Ermanov so‘zga chiqib, barchani Konstitutsiya bayrami bilan qizg‘in muborakbod etdi.
Viloyat sanʼat ustalari ijrosida bayram konserti
namoyish etildi. Konstitutsiya kuniga bag‘ishlangan tadbirlar shahar va
tumanlarda davom etmoqda. Bayramingiz qutlug‘ bo‘lsin, aziz yurtdoshlar!
Xorazm viloyati hokimligi matbuot xizmati
07.12.2022
113