- Bosh sahifa
- Yangiliklar
- Aholi punktlari nomlari aks etgan belgilar yangisiga almashtirilmoqda
Aholi punktlari nomlari aks etgan belgilar yangisiga almashtirilmoqda
Samarqand viloyati hokimligi hamda Transport vazirligi hamkorligida viloyat hududidan o‘tuvchi M-37, M-39 va A-378 xalqaro magistral yo‘lida joylashgan, yaroqlilik muddati o‘tgan, imlo xatolar bilan yozilgan aholi punktlari nomlari yozilgan belgilar xatlovdan o‘tkazilib, yangisiga almashtirish choralari ko‘rilmoqda.
Xususan, M-37 xalqaro magistral yo‘lining Oqdaryo tumanidan o‘tgan qismida joylashgan 10 ga yaqin aholi punktlari nomlari aks etgan belgilar zamonaviy ko'rinishda yangisiga almashtirildi.
Sherali TEMIROV,
Samarqand viloyati hokimining maslahatchisi
31.10.2022
103