"Dunyodagi qadimiy va boy tillardan biri boʻlgan oʻzbek tili xalqimiz uchun milliy oʻzligimiz va mustaqil davlatchiligimiz timsoli, bebaho maʼnaviy boylik, buyuk qadriyatdir." O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev
16:48:21 (GMT +5) 30.01.2020 Du

“Ona tilim – oltin gʻazinam” insholar tanlovi


    1-dekabr qoraqalpoq tiliga Davlat tili berilganligining 34 yilligi munosabati bilan Oʻzbekiston davlat san’at va madaniyat instituti Nukus filalida “Ona tilim – oltin gʻazinam” insholar tanlovi boʻlib oʻtdi.

    Tanlovga filialning 1-kurs talabalari ishtirok etishdi. Ushbu tanlovning oʻtkazishdan asosiy maqsad yoshlarda ona tilning yozma savodxonligini oshirish, milliy qadriyatlarga hurmatni uygʻotish hamda dunyoqarashini kengaytirishdan iborat. Bu tanlov “Ijtimoiy-gumanitar fanlari” kafedrasi tomonidan tashkillashtirilib, kafedra oʻqituvchilaridan f.f.n. A.Prekeeva va R.Sapashovalar tanlov olib borishini nazorat qilishdi.

23.11.2023 396