"Dunyodagi qadimiy va boy tillardan biri boʻlgan oʻzbek tili xalqimiz uchun milliy oʻzligimiz va mustaqil davlatchiligimiz timsoli, bebaho maʼnaviy boylik, buyuk qadriyatdir." O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev
16:48:21 (GMT +5) 30.01.2020 Du

Ma'naviy-ma'rifiy ishlar tizimi tubdan takomillashtiriladi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida ma'naviy-ma'rifiy ishlar tizimini tubdan takomillashtirish bo‘yicha videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi.

Yig‘ilishda mahallalarda ijtimoiy-ma'naviy muhit barqarorligini ta'minlash masalalariga alohida e'tibor qaratilgan. «Bir ziyoli – bir mahallaga ma'naviy homiy» tamoyili asosida har bir mahallaga professor-o‘qituvchi va taniqli ziyolilar biriktirilishi ma'lum qilindi.

Yoshlarni vatanparvarlik, milliy iftixor ruhida tarbiyalash, buning uchun tarixni yaxshi o‘rgatish, bu yo‘nalishdagi ilmiy tadqiqotlarni kengaytirish muhimligi ta'kidlandi.

O‘zbek tilining davlat tili maqomini kuchaytirish, yurtimizda va xorijda uni o‘rganish bo‘yicha zamonaviy texnologiyalarni joriy etish yuzasidan ko‘rsatma berildi.

Milliy g‘oya targ‘iboti, ma'naviy-ma'rifiy ishlar samaradorligini oshirish, jamiyatda adabiyot va kitobxonlikni yanada rivojlantirish maqsadida «Ijod» jamoat fondi negizida Ma'naviyat va ijodni qo‘llab-quvvatlash fondi tashkil etilishi qayd etildi.

Bu jamg‘armaga 120 milliard so‘m ajratilib, ma'naviy-ma'rifiy tarbiya va targ‘ibot-tashviqot ishlarini samarali amalga oshirish, milliy adabiyotimizni rivojlantirish uchun sarflanadi. Bu mablag‘ning 90 milliard so‘mi hududlarda ma'naviy-ma'rifiy sohalarni rivojlantirishga, 20 milliard so‘mi Yozuvchilar uyushmasi faoliyatini qo‘llab-quvvatlashga, 10 milliard so‘mi mamlakat miqyosida ma'naviy-ma'rifiy ishlarni samarali tashkil qilishga yo‘naltiriladi.

Shu yildan boshlab, ma'naviyat va ma'rifat sohasi ixtisosliklarini fanlar klassifikatoriga kiritish, bu yo‘nalish bo‘yicha yetuk kadrlar tayyorlash bo‘yicha topshiriqlar berildi.

Kitobxonlik madaniyatini kengaytirish, kino san'atini izchil rivojlantirish, barcha telekanallar qoshidagi badiiy kengashlar faoliyatini tanqidiy tahlil qilib, teledasturlarning saviyasini oshirish masalalariga ham alohida e'tibor qaratildi.


Manba: kun.uz

20.01.2021 679