"Dunyodagi qadimiy va boy tillardan biri boʻlgan oʻzbek tili xalqimiz uchun milliy oʻzligimiz va mustaqil davlatchiligimiz timsoli, bebaho maʼnaviy boylik, buyuk qadriyatdir." O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev
16:48:21 (GMT +5) 30.01.2020 Du
  • Bosh sahifa
  • Yangiliklar
  • Latviyaning O‘zbekistondagi elchixonasi boshchiligidagi delegatsiya bilan muzokaralar olib borildi

Latviyaning O‘zbekistondagi elchixonasi boshchiligidagi delegatsiya bilan muzokaralar olib borildi


Oldimizga qoyilgan eng muhim vazifalardan biri davlat tilining axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, xususan, Internet jahon axborot tarmogida munosib orin egallashini taminlashdir. Shu maqsaddan kelib chiqqan holda tizimli ishlar olib borilmoqda. Xususan, mahalliy va xorijiy hamkorlar bilan birgalikda o'zbek tilini rivojlantirish bo‘yicha dasturlar yaratish bo‘yicha loyihalar amalga oshirib kelinmoqda.

Latviyaning O‘zbekistondagi favqulodda muxtor elchisi Reynis Troksha boshchiligidagi delegatsiya tashrif buyurdi. 

Delegatsiya tarkibida dunyoga mashhur tilga doir dasturlar yaratuvchi “Tilde” kompaniyasi vakillari bor. Jumladan, Tilde kompaniyasi boshqaruvi raisi Arturs Vasilevskis va biznesni rivojlantirish boʻlimi rahbari Kaspars Kaulins Markazda bo‘lib, mas’ullar bilan muzokaralar olib bordilar.

Mehmonlar bilan Vazirlar mahkamasi huzuridagi O‘zbek tilini rivojlantirish jamg‘armasi direktori A. Eminov, Davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirish markazi direktori I. Azimov, ToshDO‘TAU xalqaro aloqalar bo‘yicha prorektori N.Normurodova, O'ZMU professori N. Abdurahmonova ToshDO‘TAU Kompyuter lingvistikasi va raqamli texnologiyalar kafedrasi mudiri B.Elov suhbatlashdilar.



Tomonlar o‘zbek tili taraqqiyoti uchun muhim qadamlarni birgalikda tashlashga va hamkorlikda o'zbek tilini internet tarmog'ida munosib o‘rin egallashiga erishish uchun barcha harakat qilishga kelishib oldilar.
            Tez orada mazkur yonalishda yirik loyihalar boshlanishi kutilmoqda.

06.11.2023 198