"Dunyodagi qadimiy va boy tillardan biri boʻlgan oʻzbek tili xalqimiz uchun milliy oʻzligimiz va mustaqil davlatchiligimiz timsoli, bebaho maʼnaviy boylik, buyuk qadriyatdir." O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev
16:48:21 (GMT +5) 30.01.2020 Du

LOTIN ALIFBOSIGA O‘TISHGA TAYYORMIZMI?


Toshkent elektr ta’minoti masofasida “Lotin yozuviga asoslangan о‘zbek alifbosida ish yuritish” mavzusida seminar-trening bo‘lib o‘tdi. Unda О‘zbekiston Respublikasi Transport vazirining  ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish masalalari bо‘yicha maslahatchisi Dilorom Jalolova, “О‘zbekiston temir yо‘llari” aksiyadorlik jamiyati Davlat tilini rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bо‘limi boshlig‘i Hulkar Hotamboyevalar tashrif buyurib, ishchi-xodimlar bilan ochiq suhbat tashkil etildi. Vazirlar Mahkamasi tomonidan kirill yozuvi yozishmalarining oxirgi muddati 2023-yil 1-yanvar etib qat’iy belgilangani, shuningdek, korxona hujjatlari bilan ishlashda o‘zbek tili imlo qoidalari bo‘yicha me’yoriy hujjatlarni to‘g‘ri yuritish asosiy masala ekanligi ta’kidlandi. Yig‘ilganlarga chet tillari bilan bir qatorda o‘zbek tiliga ham yuksak e’tibor bilan yondashish, xat-hujjat yuritishda bexato yozish qoidalari yaqindan tanishtirildi.









16.06.2022 590