"Dunyodagi qadimiy va boy tillardan biri boʻlgan oʻzbek tili xalqimiz uchun milliy oʻzligimiz va mustaqil davlatchiligimiz timsoli, bebaho maʼnaviy boylik, buyuk qadriyatdir." O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev
16:48:21 (GMT +5) 30.01.2020 Du

Ommaviy diktantlar davom etmoqda


O‘zbek tilining davlat tili sifatida nufuzi va mavqeini tubdan takomillashtirish maqsadida Qo‘shtepa hamda Bag‘dod tumanlarida maktabgacha va maktab ta’limi tizimida faoliyat yuritayotgan rahbarlar ishtirokida navbatdagi ommaviy diktant yozish tadbiri o‘tkazildi.

O‘tkazilgan tadbirlarda Farg‘ona viloyati hokimining maslahatchisi S.Tongotarova tomonidan so‘nggi yillarda o‘zbek tilining davlat tili sifatida nufuzini oshirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar hamda alifbo islohotlari masalasi haqida ma'lumotlar berildi.

Ushbu tadbirni tashkillashdan ko‘zlangan asosiy maqsad barcha darajadagi davlat xizmatchilarining yozma savodxonligini rivojlantirish hamda lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosini to‘laqonli amaliyotga tatbiq etishdan iboratdir.

27.12.2023 123