"Dunyodagi qadimiy va boy tillardan biri boʻlgan oʻzbek tili xalqimiz uchun milliy oʻzligimiz va mustaqil davlatchiligimiz timsoli, bebaho maʼnaviy boylik, buyuk qadriyatdir." O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev
16:48:21 (GMT +5) 30.01.2020 Du

O‘rganish olib borildi


Toshkent viloyati Ohangaron shahar hokimining davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini ta’minlash masalalari bo‘yicha maslahatchisi N. Mirzayeva tomonidan Ishchi guruh a’zolari bilan birgalikda shahardagi “Mustaqillik”, “Baxt” mahalla fuqarolar yig‘inida davlat tili to‘g‘risidagi qonun va qonunosti hujjatlariga rioya etilishi hamda ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish sohasidagi ishlar o‘rganildi.


O‘rganish davomida Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 10-fevraldagi 61-sonli qarorning "Yo‘l xaritasi" da belgilangan tadbirlar ijrosini ta'minlash, bo‘lim xodimlarini lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosini o‘rganishni targ‘ib qilish borasida tavsiyalar berildi.


Jumladan, mazkur bo‘limdagi barcha tashqi yozuvlar monitoring qilindi. Shuningdek, aniqlangan xato va kamchliklar yuzasidan tegishli mas'ullarga tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.

15.12.2022 340