"Dunyodagi qadimiy va boy tillardan biri boʻlgan oʻzbek tili xalqimiz uchun milliy oʻzligimiz va mustaqil davlatchiligimiz timsoli, bebaho maʼnaviy boylik, buyuk qadriyatdir." O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev
16:48:21 (GMT +5) 30.01.2020 Du

Yakkasaroy tuman hokimligida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.


Uchrashuvda Yakkasaroy tuman hokimi A.Sayfutdinov, hokim o‘rinbosarlari, Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi Davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirish markazi direktori,filologiya fanlari nomzodi,dotsent I.Azimov, Davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirish markazi bo‘lim boshlig‘i, katta o‘qituvchi O‘.Boboyorovlar, hokimlik xodimlari ishtirok etdilar.



O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 20-oktabrdagi PF-6084-sonli Mamlakatimizda o‘zbek tilini yana-da rivojlantirish va til siyosatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi Farmoni ijrosi sifatida Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi Davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirish markazi hamkorligida Yakkasaroy tuman hokimligi xodimlarini o‘zbek adabiy tili meʼyorlari va davlat tilida ish yuritish bo‘yicha o‘quv tashkillashtirilgan edi.



O‘quv yakunida 25 nafar hokimlik xodimlariga Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi Davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirish markazining sertifikatlari topshirildi.


 

Yakkasaroy tuman hokimligi Matbuot xizmati

15.09.2022 330