"Dunyodagi qadimiy va boy tillardan biri boʻlgan oʻzbek tili xalqimiz uchun milliy oʻzligimiz va mustaqil davlatchiligimiz timsoli, bebaho maʼnaviy boylik, buyuk qadriyatdir." O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev
16:48:21 (GMT +5) 30.01.2020 Du

Xorijlik fuqarolar uchun “O‘zbek maktabi” ochildi

 

Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti milliy tilimizni keng targ‘ib qilish, o‘rgatish bo‘yicha maxsus metodikalar ishlab chiqish kabi muhim vazifalarni amalga oshirmoqda.

Besh yildan buyon sinov tariqasida universitet qoshida faoliyat yuritayotgan xorijliklarga o‘zbek tilini o‘rgatish kurslarida 300 dan ortiq chet el fuqarolari, jumladan, Koreya, Xitoy, AQSH, Braziliya, Hindiston, Yaponiya, Germaniya, Fransiya kabi davlatlar fuqarolari o‘zbek tilini muvaffaqiyatli o‘rgandilar.

Ushbu mehnatlar samarasi o‘laroq universitetda “Uzbek school” — xorijliklar uchun o‘zbek tili tayyorlov kurslari maktabining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.


Bu kurslarda o‘zbek tili o‘rganuvchilar xohishiga ko‘ra, kichik, o‘rta guruhlarda yoki individual o‘rgatiladi.

Shuningdek, tadbir doirasida universitet o‘qituvchilari tomonidan yaratilgan «Xorijliklar uchun o‘zbek tili» darsligining taqdimoti ham bo‘ldi.

A1 daraja uchun mo‘ljallangan ushbu darslik oddiydan murakkabga tomon mantiqan uzviylikda tuzilgan 12 ta mavzudan iborat bo‘lib, tinglovchi harflardan jumla tuzishgacha bo‘lgan yozish, gapirish, o‘qish, tinglash ko‘nikmalarni egallashga imkon yaratadi.

Har bir mavzu oxirida tinglovchi o‘z bilimini tekshirishi va mustahkamlashi uchun maxsus test topshiriqlari berilgan.

Kitob nafaqat o‘zbek tilini, balki o‘zbek madaniyatini ham o‘rganishga yordam beradi.

Tadbirda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri maslahatchisi Odinaxon Jamoliddinova, xorijiy davlatlarning mamlakatimizdagi elchilari, mas’ul xodimlar, xalqaro tashkilotlar vakillari, universitet rahbariyati va pedagog xodimlar ishtirok etdi.

manba

 

28.11.2022 196