"Dunyodagi qadimiy va boy tillardan biri boʻlgan oʻzbek tili xalqimiz uchun milliy oʻzligimiz va mustaqil davlatchiligimiz timsoli, bebaho maʼnaviy boylik, buyuk qadriyatdir." O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev
16:48:21 (GMT +5) 30.01.2020 Du

Davlat xizmatlari agentligi ish yuritishda to‘liq lotin alifbosiga o‘tdi

Davlat xizmatlari agentligi Samarqand viloyat boshqarmasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 10-fevraldagi «Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosiga bosqichma-bosqich o‘tishni to‘liq ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Qarorida belgilangan vazifalar ijrosiga alohida e’tibor qaratdi.

Mazkur hujjatga asosan, 2023-yilning 1-yanvariga qadar tashkiliy-huquqiy shaklidan qat’i nazar, barcha tashkilotlarda ish yuritish hujjatlari va boshqa hujjatlarni lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosida ishlab chiqish, qabul qilish va e’lon qilish amaliyotini to‘liq joriy qilish belgilangan.

Aytish kerakki, boshqarma hamda uning tizimidagi idoralarda joriy yil 10-noyabrdan boshlab, ish yuritish hamda boshqa barcha jarayonlar to‘liq lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosida amalga oshirila boshlandi. Shuningdek, tashkilotning ma’muriy binolaridagi peshlavhalar, turli ko‘rinishdagi devoriy materiallar, fuqarolar uchun uslubiy qo‘llanmalar ham davlat tili qoidalariga muvofiq, lotin alifbosida tayyorlanmoqda.

O‘tgan vaqtda boshqarmaning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari, elektron resurslari ham bosqichma-bosqich lotin alifbosiga to‘liq o‘tkazildi.

 

DXA Samarqand viloyat boshqarmasi

axborot xizmati

 

zarnews.uz

20.11.2021 487