"Dunyodagi qadimiy va boy tillardan biri boʻlgan oʻzbek tili xalqimiz uchun milliy oʻzligimiz va mustaqil davlatchiligimiz timsoli, bebaho maʼnaviy boylik, buyuk qadriyatdir." O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev
16:48:21 (GMT +5) 30.01.2020 Du

Reklama qonunchiligi o‘zgardi

Hurmatli, tadbirkorlar! Mamlakatimizda “Reklama to‘g‘risida”gi qonunning yangi tahriri 9-sentabrdan kuchga kirdi.

Endilikda ona sutining o‘rnini bosuvchi mahsulotlar hamda ta’lim muassasalarida foydalaniladigan bosma (darslik, kundalik, daftar kabi) nashrlar reklamasi taqiqlanadi. Tamaki mahsulotlari yoki nikotin iste’moliga aloqador moslamalarni reklama qilish ham shu jumladandir.

Shuningdek, energetik ichimliklar reklamasi soat 7:00 dan 22:00 gacha televideniye va radio orqali reklama qilinmaydi.  

Yangi tartibga ko‘ra, narx (tarif)larni chet el valyutasida ko‘rsatish mumkin emas. Alohida hollarda mahsulotning yosh tasnifini ko‘rsatish shart.

Milliy va oilaviy an’analarga, shuningdek, axloq va ma’naviyatning umumqabul qilingan normalariga zid shakllar, iboralar va obrazlardan reklama materialida foydalanish man etiladi.

Bundan tashqari, dori vositalarini reklama qilishda taniqli insonlar, tibbiyot xodimlari yoki tashqi ko‘rinishi shifokorni anglatuvchi shaxslarning reklama materialida ishtirok etishi taqiqlanadi.

Alkogol mahsulotlari reklamasiga yo‘l qo‘yilmaydi.

Qonunning 6-moddasi “Reklamaning tili” haqida bo‘lib, unga amal qilishingizni so‘raymiz.

Qonun talablarini buzganlik uchun bazaviy hisoblash miqdorining 30 baravaridan 100 baravarigacha jarima solinishini eslatib o‘tamiz.

Asqarbek QURBONOV,

tuman hokimining maslahatchisi.

 

16.09.2022 314