"Dunyodagi qadimiy va boy tillardan biri boʻlgan oʻzbek tili xalqimiz uchun milliy oʻzligimiz va mustaqil davlatchiligimiz timsoli, bebaho maʼnaviy boylik, buyuk qadriyatdir." O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev
16:48:21 (GMT +5) 30.01.2020 Du

Andijon viloyati FVB: tumanlarda o'rganish tadbirlari

Viloyat FVBning tumanlardagi FV bo'limlarida ma'naviy-ma'rifiy ishlar, davlat tilida ish yuritish, tashqi yozuv va peshlavhalarning holatini o'rganish tadbirlari tashkil etildi.

O'rganish va amaliy yordam ko'rsatish ishlari viloyat FVBning Bo'ston, Ulug'nor, Baliqchi va Oltinko'l tumanlari FV bo'limlarida olib borildi.


Tadbirlar jarayonida ma'nan eskirgan peshlavha va stendlar o'rnidan olib tashlanib, ularni davlat tili talablariga muvofiq holda joylashtirish yuzasidan ko'rsatmalar berildi. Shaxsiy tarkib bilan ma'naviy-ma'rifiy suhbatlar tashkil qilinib, ma'naviy ishlar, davlat tilida ish yuritish holati tahlil qilindi. Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf qilish yuzasidan zarur tavsiyalar berildi.


Bahodir Valiyev,
Favqulodda vaziyatlar vaziri maslahatchisi

07.06.2021 485