"Dunyodagi qadimiy va boy tillardan biri boʻlgan oʻzbek tili xalqimiz uchun milliy oʻzligimiz va mustaqil davlatchiligimiz timsoli, bebaho maʼnaviy boylik, buyuk qadriyatdir." O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev
16:48:21 (GMT +5) 30.01.2020 Du

Peshlavha va boshqa yozuvlarning davlat tiliga moslik darajasi o‘rganildi

Vazirlar Mahkamasining “Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosiga bosqichma-bosqich to‘liq o‘tishni ta’minlash to‘g‘risida”gi 2021-yil 10-fevraldagi 61-sonli qaror ijrosi bo‘yicha Uchquduq tuman hokimining maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili to‘g‘risidagi Qonun hujjatlariga rioya etilishini taʼminlash masalalari bo‘yicha maslahatchisi S. Islomova hamda Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi tuman bo‘linmasi rahbari J.Bulekbayeva tuman pochta aloqasi bo‘limi, UZTELECOM va raqamli texnologiyalar o‘quv markazidadagi yozuvlarni o‘rganib, ma’nan eskirgan, yaroqsiz holga kelib qolgan, imloviy xatoliklari mavjud yozuvlarni davlat tili togrisidagi qonun talablariga mos ravishda chiqartirish masalasida, shuningdek, ish yuritish hujjatlarida o‘ta sinchkovlik bilan yondashish to‘g‘risida tushuntirish va targ‘ibot ishlarini olib borishdi.



18.09.2023 339