"Dunyodagi qadimiy va boy tillardan biri boʻlgan oʻzbek tili xalqimiz uchun milliy oʻzligimiz va mustaqil davlatchiligimiz timsoli, bebaho maʼnaviy boylik, buyuk qadriyatdir." O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev
16:48:21 (GMT +5) 30.01.2020 Du
  • Bosh sahifa
  • Yangiliklar
  • YANGI TAHRIRDAGI "REKLAMA TO‘G‘RISIDA"GI QONUNGA KO‘RA O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI HUDUDIDA REKLAMA DAVLAT TILIDA TARQATILISHI QATʼIY BELGILANDI

YANGI TAHRIRDAGI "REKLAMA TO‘G‘RISIDA"GI QONUNGA KO‘RA O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI HUDUDIDA REKLAMA DAVLAT TILIDA TARQATILISHI QATʼIY BELGILANDI

Reklama to'g'risidagi O'zbekiston Respublikasi Qonuni 2022-yil 7-iyunda qabul qilindi

Yangi tahrirdagi O'zbekiston Respublikasining "REKLAMA TO‘G‘RISIDA"gi qonunining 6-moddasi "REKLAMANING TILI" haqida.

 

6-modda.

 

Reklamaning tili

 

Oʻzbekiston Respublikasi hududida reklama Oʻzbekiston Respublikasining davlat tilida tarqatiladi.

Reklama mazmunining tarjimasi quyidagi talablarga rioya etgan holda boshqa tillarda takror berilishi mumkin:

reklama mazmunining boshqa tillardagi tarjimasi matni uning Oʻzbekiston Respublikasi davlat tilidagi asosiy maʼnosini buzib koʻrsatmasligi kerak;

tashqi reklama orqali joylashtiriladigan reklamaning boshqa tillardagi tarjimasi matni Oʻzbekiston Respublikasi davlat tilidagi reklama matnining pastki qismida gorizontal holda joylashtirilishi va umumiy reklama maydonining qirq foizidan oshmasligi kerak;

reklamaning boshqa tillardagi tarjimasi matni harfining oʻlchami Oʻzbekiston Respublikasi davlat tilidagi reklama matni harfining oʻlchamidan kichik boʻlishi kerak;

tele- va radiokanallarda, shuningdek bosma nashrlarda tarqatiladigan reklamaning boshqa tillardagi tarjimasi har kungi umumiy reklama hajmining yigirma foizidan oshmasligi kerak.

Ushbu modda birinchi va ikkinchi qismlarining amal qilishi:

faqat chet tillarda eʼlon qilinadigan bosma nashrlarda va noshirlik mahsulotining boshqa turlarida joylashtiriladigan reklamaga;

koʻrsatuvni (eshittirishni) chet tillarda amalga oshiruvchi ommaviy axborot vositalarining tele-, radio-, video-, kinoxronikal dasturlarini namoyish etish (eshittirish) jarayonida joylashtiriladigan reklamaga;

Internet jahon axborot tarmogʻidagi materiallarni faqat chet tillarda joylashtiradigan veb-saytlarning axborot resurslariga joylashtiriladigan reklamaga nisbatan tatbiq etilmaydi.

Belgilangan tartibda roʻyxatga olingan tovar belgilari (xizmat koʻrsatish belgilari), bosma usulda terilgan boʻgʻinli belgilar (logotiplar) asli qaysi tilda boʻlsa, shu tilda keltirilishi mumkin.

15.06.2022 409