"Dunyodagi qadimiy va boy tillardan biri boʻlgan oʻzbek tili xalqimiz uchun milliy oʻzligimiz va mustaqil davlatchiligimiz timsoli, bebaho maʼnaviy boylik, buyuk qadriyatdir." O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev
16:48:21 (GMT +5) 30.01.2020 Du

Memorandum imzolandi

    

    2024-yil 11-may kuni Turkiyaning Turk Dil Kurumu bilan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbek tilini rivojlantirish jamg‘armasi hamda Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi Davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirish markazi o‘rtasida ilmiy hamkorlik doirasida kelishuv memorandumi imzolandi.


 

    Ushbu protokol Turk Dil Kurumu rahbari Prof. Dr. Usmon MERT, Markaz direktori dots. Dr. Inomjon Azimov va Jamg‘arma direktori dots. Dr. Azizjon Eminovlar tomonidan imzolandi.



    Memorandum o‘zaro manfaatdorlik tamoyillari asosida ilmiy tadqiqot masalalari bo‘yicha xalqaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, ko‘maklashish va mustahkamlash maqsadida tayyorlangan.




16.05.2024 152