"Dunyodagi qadimiy va boy tillardan biri boʻlgan oʻzbek tili xalqimiz uchun milliy oʻzligimiz va mustaqil davlatchiligimiz timsoli, bebaho maʼnaviy boylik, buyuk qadriyatdir." O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev
16:48:21 (GMT +5) 30.01.2020 Du

Sherzod Shermatov xalqaro konferensiyada o‘zbek tilida gapirdi

Bugun Innovatsion rivojlanish vazirligida «InnoWeek.uz-2021» innovatsion g‘oyalar haftaligi doirasida «Sun’iy intellekt - texnologik rivojlanish asosi» mavzusida xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tdi.

Xalqaro anjumanda ishtirok etgan axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vaziri Sherzod Shermatov o‘zbek tilida ma’ruza qildi, deya xabar bermoqda "Oyina.uz" muxbiri Inobat Ahatova.

Vazir nutqi avvalida ma’ruza boshqa tillarga sinxron tarjima qilinishini aniqlashtirib, tasdiq javobini olgach, to‘liq o‘zbek tilida chiqish qildi.

«Sun’iy intellekt qiyin vazifaga o‘xshab ko‘rinadi. Lekin biz hozir u bilan shug‘ullanmasak ertaga kech bo‘lib qolishi mumkin.

Umid qilamanki, bugungi konferensiyada mutaxassislarimiz sun’iy intellektni ijobiy tomonlarini ham, salbiy tomonlarini ham, imkoniyat va xavflarini ham tahlil qilib beradi. O‘zbekistonda bu yo‘nalishdagi ishlar boshlangan, tegishli qarorlar qabul qilingan», dedi vazir.

Shuningdek, Shermatov axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vaziri sifatida ish boshlaganiga endigini bir hafta bo‘lgani haqida gapirdi. U xalq ta’limi vaziri sifatida ishlayotgan vaqtda maktablardagi test imtihonlarida ko‘chirmakashlikni oldini olishga qaratilgan tizim ishlab chiqilgani va uni qo‘llanishni boshlamoqchi bo‘lganini yodga oldi.

Konferensiyada Sherzod Shermatovdan so‘ng so‘zga chiqqan Innovatsion rivojlanish vazir o‘rinbosari Shahlo Turdiqulova va xorijlik mutaxassislar o‘z ma’ruzalarini to‘liq rus va ingliz tilida olib bordi.

 

Oyina.uz

24.11.2021 429