- Bosh sahifa
- Yangiliklar
- 17 dan ortiq tashqi reklamalar va 75 ga yaqin bannerlar qaytadan ishlandi
17 dan ortiq tashqi reklamalar va 75 ga yaqin bannerlar qaytadan ishlandi
Toshkent shahri Olmazor tuman hokimligi, tuman IIO FMB, tuman Obodonlashtirish bo‘limi hamda Ishchi guruh a'zolari tomonidan “Davlat tili haqida”gi Qonunning 10-moddasi hamda yangi tahrirdagi "Reklama to‘g‘risida”gi Qonunning 6-moddalari ijrosi yuzasidan tumandagi “Farobiy”, “Nurafshon”, “Chimboy”, “Sag‘bon”, “Umid” ko‘chalaridagi tashqi yozuv e'lonlari, tashqi reklama bannerlarining qonun talablariga mosligi o‘rganilib, noqonuniy o‘rnatilgan 17 dan ortiq tashqi reklamalar va 75 ga yaqin bannerlar qaytadan ishlandi.
Hurmatli tadbirkorlar Sizdan “Davlat tili haqida”gi hamda yangi tahrirdagi "Reklama to‘g‘risida”gi Qonunlar talablariga rioya etishingizni so‘raymiz.
18.11.2022
118