"Dunyodagi qadimiy va boy tillardan biri boʻlgan oʻzbek tili xalqimiz uchun milliy oʻzligimiz va mustaqil davlatchiligimiz timsoli, bebaho maʼnaviy boylik, buyuk qadriyatdir." O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev
16:48:21 (GMT +5) 30.01.2020 Du
  • Bosh sahifa
  • Yangiliklar
  • “TURKIY XALQLARNING UMUMIY ALIFBOSI, IMLOSI VA MULOQOT TILI” monografiyasi taqdimoti

“TURKIY XALQLARNING UMUMIY ALIFBOSI, IMLOSI VA MULOQOT TILI” monografiyasi taqdimoti


Bugun Ozarbayjon tillar universiteti Turk dunyosi tadqiqotlar markazi direktori, filologiya fanlari doktori, professor  Elchin IBROHIMOV  “Turkiy xalqlarning umumiy alifbosi, imlosi va muloqot tili” nomli kitob (monografiya) taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

          Ushbu monografiyada turkiy xalqlar o‘rtasida alifbo islohotlari yo‘nalishida amalga oshirilgan ishlar, XX asr boshidan bugungi kungacha davom etib kelayotgan jarayonlar, turkiylar o‘rtasida umumiy muloqot tilini shakllantirish maqsadida alifbo, imlo masalalarini yechish kabi muammolar ilmiy-nazariy jihatdan o‘rganilgan.

Kitobda turkiy xalqlarning umumiy va mushtarak alifboga o‘tish yo‘llari belgilanib, ko‘rib chiqilayotgan yangi alifboda turkiy tillarning mushtarak tovushlariga tavsiya etiladigan umumiy harflar, umumiy muloqot tili uchun imloning bugungi kundagi dolzarbligi o‘z ifodasini topdi.

Taqdimotda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbek tilini rivojlantirish jamg‘armasi ijrochi direktori Azizjon Eminov, Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi Davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirish markazi direktori Inomjon Azimov, O‘zbekiston-Ozarbayjon do‘stlik jamiyati ijrochi direktori Erkin NURIDDINOV hamda O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti professori, filologiya fanlari doktori Ma’rufjon YO‘LDOSHEVlar o‘z ma’ruzalari bilan ishtirok etishdi.

Taqdimotga yig‘ilgan o‘zbek tilshunoslari hamda talaba yoshlarga O‘zbek tilini rivojlantirish jamg‘armasi tomonidan kitoblar ulashildi.

 

 

16.05.2024 157