"Dunyodagi qadimiy va boy tillardan biri boʻlgan oʻzbek tili xalqimiz uchun milliy oʻzligimiz va mustaqil davlatchiligimiz timsoli, bebaho maʼnaviy boylik, buyuk qadriyatdir." O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev
16:48:21 (GMT +5) 30.01.2020 Du

Munosabat

Telegram messenjeridagi “Platforma.uz” kanalida 2020-yil 23-may kuni eʼlon qilingan “Vazirlar Mahkamasining Davlat tilini rivojlantirish departamenti diqqatiga!” sarlavhali materialga javoban

Аyrim davlat idoralari va tashkilotlarning internetdagi veb-saytlarining nomlanishi davlat tilida emasligi bor gap. Kanalda bu holatning sabablari ham qisman koʼrsatib oʼtilgan. 

Davlat tilini rivojlantirish, uning nufuzini oshirish boʼyicha Departament tomonidan amalga oshirilayotgan keng koʼlamli chora-tadbirlar, nafaqat tilimizning huquqiy asosini kuchaytirish, balki, uning ilmiy-nazariy poydevorini mustahkamlashga ham qaratilgan.

Bulardan koʼzlangan maqsad — kelgusida kompyuter lingvistikasi singari dolzarb yoʼnalishlardagi fundamental tadqiqotlar ham davlat tilida boʼlishini taʼminlashdir. Dasturlar va ilovalarni oʼz tilimizda yaratish esa nafaqat veb-saytlarning nomlari, balki mazmunini ham oʼzbek tilida shakllantirishni osonroq va qulayroq boʼlishida muhim ahamiyat kasb etadi.

Shuni qayd etish joizki, ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlarda davlat tili mavzusidagi chiqishlarning hech biri Departament eʼtiboridan chetda qolayotgani yoʼq. Ular davlat tilini rivojlantirish, davlat tili toʼgʼrisidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi ustidan jamoatchilik nazoratining samarali shakllari sifatida faoliyatimizda oʼz oʼrniga ega.

Vazirlar Mahkamasining 

Davlat tilini rivojlantirish departamenti

24.05.2020 557